Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A
6 Sep 2017

Navoi viloyati Nurota tumanida joylashgan, Gazgon tabiiy pardozlavchi toshlar konida toshlarni qazib olish va qayta ishlashni yanada takomillashtirish uchun, samarali mexanizmlarni yaratish, extiyotkorlikni ta’minlash, yer ka’ri uchastkalarini oqilona va samarali foydalanishni ta’minlash, tabiiy pardozlavchi toshlardan zamonaviy raqobatbardosh maxsulotlar ishlab chikarish xajmlarini ko‘paytirish va kengaytirish, mintaqada investitsiyalarni faollashtirish uchun:

Xukumat qarori bilan (2017 yil 31 maydagi 599-F sonli O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasi Farmoyishi) “Marmar obod” Davlat Unitar korxonasi tashkil etildi.

Ushbu Xukumat qarorining asosiy vazifalaridan biri bu:

tabiiy pardozlavchi toshlar konida toshlarni qazib olish va qayta ishlashni rivojlantirish uchun keng qamrovli dastur ishlab chiqish va amalga oshirish;

zamonaviy energiya tejamkor texnologiyalardan foydalangan xolda, tabiiy pardozlovchi toshlardan va boshqa materiallardan yasalgan eksportbop, yuqori sifatli, maxsulot ishlab chikarish quvvatlarini yaratish;

Ayni paytda tabiiy pardozlavchi toshlar va boshqa materiallarni ishlab chiqarish va qayta ishlash maydoni qurilmoqda.

Manba: Axborot xizmati
Ko'rishlar: 124
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech