Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A
2 Apr 2018

Yaqinda davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoevning Samarqand viloyatiga tashrifi, hududda yashayotgan barcha fuqarolarimiz qatori, mahalliy va xorijiy tadbirkorlarning ham ruhini va iqtisodiyotimizning porloq kelajagiga bo'lgan qat'iy ishonchini yanada orttirdi.

Tashrif barcha sohalar qatori, sanoatning qurilish materiallari ishlab chiqarish tarmog'ida faoliyat yuritayotgan tadbirkorlarning ham g'ayratini oshirganini, bugunda ularning ama-liy ishlari, samimiyat bilan bildirayotgan fikrlari tasdiqlaydi.

Temur SAIDOV,“Prime Ceramics” MChJ qo'shma korxonasi rahbari:

Yurtimizda mahalliy tadbirkorlarni va xorijiy investorlarni nafaqat huquqiy, iqtisodiy, balki ma'naviy va ruhiy qo'llab-quvvatlash bo'yicha ham barcha sharoitlar yaratilgan. Samarqand shahar, “Farhod” qo'rg'onidagi sanoat hududida foydala-nilmay bo'sh turgan hudud va bino o'rnida, qisqa vaqt ichida, Italiyaning “Sacmi” kompaniyasining zamonaviy texnologiyasi asosida, xorijlik hamkorlar bilan birgalikda 46 mln. dollar mablag' o'zlashtirilishi hisobiga, birinchi bosqichda yiliga 2 mln. 750 ming kv.m. yuqori sifatli devorbop keramik plitkalar (kafel) ishlab chiqarishni yo'lga qo'ydik. Barcha sharoitlarga ega ishlab chiqarish binolari, infratuzilma ob'ektlari mavjudligi hamda yaratilgan imtiyoz va engilliklar sabab, ikkinchi bosqichda12 mln. dollar o'zlashtirilishi hisobiga, yiliga 2 mln. 750 ming kv.m. pol keramik plitkalari ishlab chiqarish quvvatiga ega yangi uskunalar olib ke-lindi hamda ushbu liniya joriy yil 1 sentyabrga qadar ishga tushiriladi. Mahsulotning asosiy qismi eksport qilinmoqda.

Xurshid RASULOV, “Samarqand Afrosiyob tsement” oilaviy korxonasi ta'sischisi:

Tadbirkorlik chuqur bilim, g'ayrat-shijoat, halol mehnat evaziga topilgan mablag', eng asosiysi, qulay muhitni talab etadi. Boshqa sohalarda ham qator loyihalarni amalga oshirganman. Faoliyatimdagi eng asosiy loyihalardan biri – Pastdarg'om tumani, Do'stlik mavzesida yiliga 561 ming tonna yuqori sifatli sement ishlab chiqarish quvvatiga ega bo'ladigan korxonani qurish loyihasi bo'lmoqda. Ushbu korxonaning qiymati 26 mln. dollar, shundan 9,065 mln. dollar o'z mablag'imiz, 16,935 mln. dollar tijorat banki krediti asosida barpo etilmoqda. Korxonaning ishga tushirilishi natijasida 300 ta yangi ish o'rni yaratiladi, yiliga o'rtacha 6 mln. dollarlik mahsulot eksport qilinadi. Natijada, viloyatda tsement va tsement asosida boshqa qurilish materiallari ishlab chiqarish hajmi va tuman eksport salohiyati, mahalliy byudjet daromadlari oshadi.

Bekzod NARZULLAYeV, Jomboy tumanidagi Qoramo'yin qishlog'ida bunyod etilayotgan “Ceramic breaks” mas'uliyati cheklangan jamiyati qo'shma korxonasi rahbari.

Xorijlik investorlarga berilayotgan imtiyozlar sarmoyadorlar va mutaxassislarni yurtimizga keng jalb etish bilan birga, iqtisodiyotimizga zamonaviy texnologiyalarni ham olib kirmoqda. Ispaniyalik muhandislar hamda Birlashgan Arab Amirliklari investorlari bilan hamkorlikda 10 mln. dollar mablag' o'zlashtiri-lishi hisobiga zamonaviy korxona bunyod etilmoqda. Innovatsion texnologiyalar asosida, muqobil yoqilg'i-ko'mirda ishlaydigan ushbu g'isht zavodida 5 turdagi pishgan g'isht va zamonaviy katta gabaritli keramik bloklar ishlab chiqarish yo'lga qo'yiladi. Eng muhimi, ishlab chiqarish jarayonlarida 100 foiz mahalliy xom-ashyo zahiralaridan foydalaniladi. Korxonaning ishga tushirilishi 70 nafarga yaqin mahalliy yoshlarni ish bilan ta'minlaydi.

G'ayrat MUHAMMADIYeV, Pastdarg'om tumanidagi “Gamma windows system” mas'uliyati cheklangan jamiyati rahbari:

Xorijlik hamkorlarimizning yurtimizda yaratilayotgan tadbir-korlik muhitiga ishonchlari yuqori. Shu bois ular ikkilanmasdan biz bilan hamkorlik qilishmoqda. Korxonamiz ishga tushirilishi-ning birinchi bosqichida, jami 3 mln. 200 ming dollar, shundan 3,050 mln. dollar Buyuk Britaniyaning xorijiy investitsiyasi hiso-biga yiliga 7 mln. 560 ming pogona metr PVX profillari, 2,5 mln. pogona metr metal profillar ishlab chiqarish imkoniyatiga ega bo'ladi. Ushbu loyiha joriy yilning 1 mayiga qadar ishga tushadi, natijada 50 ta yangi ish o'rni yaratiladi.

Ikkinchi bosqichda, 1,8 mln. dollar, shundan 1,5 mln. dollar Buyuk Britaniyalik investorlarning mablag'i o'zlashtiriladi. Yilik quvvati 3,6 ming tonna bo'lgan ushbu linyada qurilish materiallari ishlab chiqarishda zarur bo'lgan qotirma mahsulotlari ishlab chiqa-riladi va qo'shimcha 30 ta yangi ish o'rni tashkil etiladi.

Shuningdek, tadbirkorlar ularning g'oyalari, sohaning yanada rivo-jlanishiga mutasaddi idora – “O'zqurilishmateriallari” aksiyadorlik jamiyati tomonidan qo'llab-quvvatlanayotgani, hukumatimiz tomonidan yaratib berilayotgan imkoniyatlar, imtiyozlar va engilliklar bilan ularning yaqindan tanishtirilayotganligi, ish faoliyatlarida o'z samarasini berayotganini alohida ta'kidlashdi.

Manba: O‘zA
Ko'rishlar: 59
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech