Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A
10 Jan 2020

Mamlakatimizda bunyodkorlik ko‘lami yildan yilga kengayib bormoqda. Yangi uy-joylar, yirik zavodlar, zamonaviy infratuzilma ob’ektlari qurilmoqda. Tabiiyki, bunday katta hajmdagi ishlarni sifatli va o‘z vaqtida bajarishida qurilish materiallariga bo‘lgan talab ortadi. Shu bois, ushbu yo‘nalishdagi ishlarni to‘g‘ri yo‘lga qo‘yish, yangi turdagi, energiya tejamkor qurilish materiallar ishlab chiqarish, sohaga investorlarni keng jalb qilish orqali yirik loyihalarni amalga oshirish, tadbirkorlarni qo‘llab-quvvatlash borasida xukumatimiz tomonidan tizimli ishlar amalga oshirib kelinmoqda. Buning natijasida esa sohada jiddiy o‘zgarishlar kuzatildi.

Xususan, “O‘zsanoatqurilishmateriallari” uyushmasi tarkibidagi korxonalar tomonidan o‘tgan 2019 yilda jami 5,0 trln. so‘mlik sanoat mahsulotlari ishlab chiqarilib, o‘sish 107,6 foizga ta’minlangan.

Statistika ma’lumotlarga ko‘ra, 2019 yil yakuni bilan: 8180 ming tonna - sement, 18,8 mln kv.m 2-mm o‘lchamda - qurilish oynasi, 8,0 mln kv.m - keramik plitka, 38,0 mln.kv.m. – gipsokarton, 110,0 ming tonna - quruq qurilish aralashmalari, 65,1 mln.dona - devorbop materiallar, 8,0 mln dona – shifer, 96,0 ming tonna – ohak kabi qurilish materiallari ishlab chiqarilgan.

E’tiborlisi, o‘tgan davr davomida mahalliylashtirish dasturi bo‘yicha import o‘rnini bosuvchi keramik plitkalar, santexkeramika mahsulotlari, keramogranit, bezakli oyna, bazalt armaturasi, gulqog‘oz (oboy)ni ishlab chiqarish o‘zlashtirildi.

Boshlanayotgan yangi 2020 yilda esa yuqoridagi ko‘rsatkichlar yanada ortishi kutilyapti. Xususan, 2020 yilda qurilish materiallari sohasi bo‘yicha sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish hajmini 22,0 trln. so‘mga yetkazish va o‘sish sur’atini 2019 yilga nisbatan 110 foizga ta’minlash hamda 8473ta yangi ish o‘rinlarini yaratish rejalashtirilmoqda.

Manba: Matbuot xizmati
Ko'rishlar: 190
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech