Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A
24 Sep 2019

Tojikiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi va Tojikiston Respublikasi Hukumati O‘zbekiston qurilish materiallarini ishlab chiqaruvchilarni Tojikiston Respublikasi Dushanbe shahrida 2019-yil 24-26 oktyabr' kunlari bo‘lib o‘tadigan “Tojikiston-2019” Halqaro universal ko‘rgazma yarmarkasiga ishtrok etishni taklif qiladi.

Ko‘rgazmaning asosiy yonalishlari:

  • qurilish, avtomobil yo‘llar, kupriklar, tonnellar, turar joylar qurilishi;
  • qurilish materiallari, qurilish, kommunal, yo‘l, kar'er texnikasi;
  • mahaliy xom ashiyodan qurilish materiallarini ishlab chiqarish uchun qurilma va boshkalar.

Ko‘rgazma ishtrokchilari uchun O‘zbekiston Respublikasi Hukumati tomonidan quyidagi xarajatlari qoplab beriladi:

  • ro‘yxatga olish yig‘imlari;
  • ko‘rgazma maydonlarini (shu jumladan stendlarni joylashtirishning o‘ziga xos xususiyatlarini hisobga olgan holda) hamda ko‘rgazma stendi va jihozlarini ijaraga olish xarajatlari;
  • stendlarni ishlab chiqarish, montaj va demontaj qilish, qo‘shimcha ko‘rgazma uskunalari va mebellarni ijaraga olish bo‘yicha xizmatlar haqi (shu jumladan friz yozuvi va stend dizayni uchun);
  • elektr ta'minoti manbalariga ulanish;
  • ko‘rgazma eksponatlarini yetkazib berish uchun transport xarajatlari;
  • qo‘shimcha ko‘rgazma xizmatlari haqi (stendni tozalash va qo‘riqlash, aloqa vositalarini ulash va boshqalar);
  • salohiyatli import qiluvchi xaridorlarni topish uchun xorijiy ixtisoslashtirilgan kompaniyalarni jalb qilish uchun to‘lovlari;
  • taqdimot materiallari, broshyuralar va bukletlarni tayyorlashga ketadigan xarajatlari.

Yuqoridagilarni inobatga olgan holda, “O‘zsanoatqurilishmateriallari” uyushmasi tomonidan ushbu kurgazmada ishtrok etadigan tashkilotlar ro‘yxatini shakllantiriish amalga oshirilmoqda.

Yuqoridagilarga qiziqish bildirgan taqdirda, takliflaringiz bo‘yicha joriy yilning 27 sentyabrgacha kuyidagi kontaklarga murojaat etishingizni so‘raymiz: tel.: +998909551952 Isaev Baxodir Karimovich, el.pochta: ves [at] uzsm.uz

Manba: Axborot xizmati
Ko'rishlar: 32
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech