Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A
18 Aug 2016

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016 yil 10 avgustdagi 621-f-sonli farmoyishiga asosan, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Davlat mustaqilligining yigirma besh yillik bayramini munosib nishonlashga tayyorgarlik ko‘rish, xalqimiz orasida milliy qadriyatlarimizga xos bo‘lgan o‘zaro mehr-oqibat va hamjiqatlikni yanada kuchaytirish, beg‘araz yordam, mehr-muruvvat kabi ezgu fazilatlarni yuksaltirish, mahallalar va aholi turar joylarini obodonlashtirish, respublikaning barcha hududlarida sanitariya holatini yaxshilash hamda «Sog‘lom ona va bola yili» Davlat dasturida belgilangan tadbirlarni amalga oshirish maqsadida, 2016 yil 20 avgust kuni umumxalq hayriya hashari o‘tkaziladi.

Yuqoridagi farmoyishga asosan, xodimlarning bir kunlik ish haqi miqdoridagi mablag‘larini O‘zbekiston «Mahalla» hayriya jamoat fondining joylardagi bo‘linmalarining bankdagi xisob raqamlariga ihtiyoriy ravishda o‘tkazish belgilangan.

Mazkur tadbirni o‘tkazishda hamma muassasalarning raxbarlari va xodimlari, xarxil mulk shaklidagi korxonalar va tadbirkor uyushmalari vakillarining ishtirok etishlari nazarda tutilgan.

Manba: Axborot xizmati
Ko'rishlar: 288
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech