Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A
17 Oct 2018

2018 yil 20-30 sentyabr kunlari Krasnodar o‘lkasining Anapa shahrida va 4-8 oktyabr kunlari Sochi shahrida XI Rossiya ochiq jang san’atlari musobaqalari o‘tkazildi. Ushbu kattalar musobaqalarida 20 mamlakatdan va Rossiyaning 40 ga yaqin mintaqasidan 900 ga yaqin sportchi ishtirok etdi. “Rossiya jang san’atlari uyushmasi” umumrossiya jamoat birlashmalari ittifoqi va O‘zbekiston respublikasi Farg‘ona viloyatining “Hartomonlama jang” federatsiyasi taklifiga binoan “Kvars” AJ rahbariyati o‘z xodimlari: avtomobil mexanigi Muzaffar To‘xtasinovni, xavfsizlik xizmatining brigadiri Rustam Abduraimovni va qo‘l jangi bo‘yicha trener Oybek Nurmatovni ushbu musobaqada ishtirok etish uchun jo‘natdi. Ushbu o‘yinlar o‘rganuvchi sportsmenlarga o‘zlarining kuchini sinovdan o‘tkazish va ular orasida eng istiqbolli sportsmenlarni aniqlash imkonini beradi, shuningdek bu jarayonda umumrossiya va xalqaro musobaqalarda qatnashish uchun terma jamoalar shakllanib, tayyorgarlikni davom ettirish imkoniga ega bo‘lishadi.

Jang san’atlari ochiq umumrossiya o‘yinlari ommaviy sportni rivojlantirish, mamlakatimizda sog‘lom va ijtimoiy jihatdan faol avlodni voyaga yetkazishda muhim omil bo‘lib xizmat qilmoqda. Eslatib o‘tamiz, jang san’atlari birinchi ochiq umumrossiya o‘yinlari 2008 yilda bo‘lib o‘tgan edi.

Har tomonlama jang bo‘yicha musobaqalar kurashning ushbu turi turli yo‘nalishlarida o‘tkazildi. Joriy yilda Rossiya sport vazirligida akkreditatsiyadan o‘tgan 22 sport turi O‘yinlarda o‘z o‘rnini topdi, bular quyidagicha: kiokusinkay, VBE (Viyet vo dao), tayekvondo (ITF), sport kurashi (greppling), tay boksi, kikboksing, VBE (sito-ryu), VBE (setokan), kendo, kapoeyra, ushu, aykido, sumo, jiu-jitsu, qo‘l jangi, tayekvondo (GTF), sambo, belbog‘li kurash, har qanday usulli karate, mas-restling, armiya qo‘l jangi, kompleks yakka kurash. Anapa shahrida 20-25 sentyabr kunlari sportchilarimiz qo‘l jangi va kikboksing musobaqalarida ishtirok etishdi.

Musobaqa natijalariga ko‘ra, vazni 94 kggacha bo‘lgan Oybek Nurmatov kurashning har ikkala turida 1-o‘rinni, Muzaffar To‘xtasinov va Rustam Abduraimov o‘z vazn toifalarida kikboksing bo‘yicha 1-o‘rinni va qo‘l jangi bo‘yicha 2-o‘rinlarni qo‘lga kiritishdi.

Keyinchalik, 28 -30 sentyabr kunlari plyaj sportlari o‘tkazildi. Bizning sportchilarimiz greppling va kompleks yakkakurash musobaqalarida ishtirok etishdi. Bunda jami 160 nafarga yaqin sportchi ishtirok yetdi.

Tanlov natijalariga ko‘ra, Oybek Nurmatov 1-o‘rinni, Muzaffar To‘xtasinov va Rustam Abduraimov o‘z vazn toifalarida ikkala kurash turi bo‘yicha 2-o‘rinni egalladi. 4 oktyabrdan 8 oktyabrga qadar Sochi shahrida Yevroosiyo “UNIFIEDEURASIANCUP – OLYMPICSOCHI” -2018 yevroosiyo kubogi uchun kurashning universal turi bo‘yicha musobaqalar o‘tkazildi. Ularda 800 ga yaqin sportchi ishtirok etdi.

Tanlov natijalariga ko‘ra, bizning sportchilarimiz Oybek Nurmatov kikboksing va qo‘l jangi bo‘yicha 1-o‘rinni egalladi, Muzaffar To‘xtasinov va Rustam Abduraimov o‘z vazn toifalarida kikboksing bo‘yicha 1-o‘rinni va qo‘l jangi bo‘yicha 2-o‘rinni qo‘lga kiritishdi.

Musobaqalar natijalariga ko‘ra bizning sportchilarimiz Yevroosiyoning universal kurash bo‘yicha kubogi, kumush va oltin medallarni qo‘lga kiritishdi va shu yilning 30 oktyabr – 4 noyabr kunlari Rossiyada bo‘lib o‘tadigan ITALI “UNIFIEDWORLDCHAMPIONSHIPS ” jahon chempionatida ishtirok etish uchun litsenziya olishdi.

“Kvars” AJning butun mehnat jamoasi nomidan bizning bolalarimizni ushbu musobaqalarda g‘alaba qozonganliklari bilan tabriklaymiz, ularga mustahkam sog‘lik va kelasida katta sport yutuqlarini qo‘lga kiritishlarini tilaymiz!

"@Ozqurilishmateriallari" telegram, "@aouzsm" facebook, "uzbuildmaterials" instagram kanallari orqali yangi ma'lumotlardan xabardor bo'ling.

Manba: «KVARS» AJ
Ko'rishlar: 56
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech