Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A
2 Sep 2017

“O‘zqurilishmateriallari” aksiyadorlik jamiyati ijro etuvchi apparati rahbariyati va xodimlari 2017 yil 2 sentyabr kuni Mustaqil O‘zbekiston davlatining asoschisi, buyuk davlat va siyosat arbobi, o‘zbek xalqining ulug‘ va ardoqli farzandi, mamlakatimizning Birinchi Prezidenti Islom Abdug‘aniyevich Karimovning Xotirasi kuni munosabati bilan Birinchi Prezident ko‘p yillar davomida faoliyat yuritgan “Oqsaroy” qarorgohi oldiga o‘rnatilgan Islom Karimov siymosi tasvirlangan haykal poyiga gulchambar qo‘ydilar.

Jamiyat xodimlari ko‘p millatli O‘zbekiston xalqining qalbidan chuqur joy olgan Birinchi Prezidentimizning so‘nmas xotirasini yodga olib, uning siymosi oldida bosh egib, hurmat bajo keltirdilar.

Islom Abdug‘aniyevich Karimov o‘zining serqirra siyosiy faoliyati, olijanob insoniy fazilatlari bilan Vatanimizning ko‘p asrlik tarixida o‘chmas iz qoldirgan, nafaqat O‘zbekiston, balki jahon miqyosida katta hurmat va obro‘-e’tiborga sazovor bo‘lgan ulkan shaxs va arbob sifatida qalblarimizda abadiy saqlanib qoladi.

Manba: Axborot xizmati
Ko'rishlar: 145
На русском: Память свяшенна!
In english: Memory is sacred!
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech