Yagona aksionerning qaroriga asosan «O’zqurilishmateriallari» AKsining ustaviga va boshqa hujjatlariga o‘zgartirish kiritildi
Chop etish   

«O’zqurilishmateriallari» aksiyadorlik kompaniyasining yagona aksiyadori O‘zbekiston Respublikasi Davlat raqobat qo‘mitasining 2016 yil 30 avgustdagi qaroriga asosan kompaniyaning ustav fondi (kapitali) miqdori kamaytirildi va 948 026 440 000 so‘mni tashkil etadi.
Yagona aksiyador (O‘zbekiston Respublikasi Davlat raqobat qo‘mitasi) tomonidan «O’zqurilishmateriallari» AK aksiyalar birlamchi chiqarilishi to‘g‘risidagi qarorga kiritilgan o‘zgartirishlar tasdiqlandi va Qimmatli qog‘ozlar bozorini muvofiqlashtirish va rivojlantirish markazida 2016 yil 29 sentyabrda №15-07/044-raqam bilan davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi.