Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A
28 Jul 2020

Mamlakatimizda shahar va qishloqlarimizni obod qilish, hududlarda shaharsozlik infratuzilmasini yaxshilash maqsadida ulkan qurilish ishlari olib borilayotganligi sababli asosiy qurilish materiali sementga bo‘lgan talab yildan-yilga ortib bormoqda. Shu bois “O‘zsanoatqurilishmateriallari” uyushmasi tomonidan mahalliy bozorni ushbu qurilish materialiga bo‘lgan talabini qondirish, axoliga sifatli sement yetkazib berish maqsadida zamonaviy, so‘nggi turdagi energiya tejamkor texnologiyalar bilan jihozlangan yangi korxonalar faoliyati bosqichma-bosqich yo‘lga qo‘yilmoqda.

Kuni kecha sement ishlab chiqarishga ixtisoslashgan korxonalar soni yana bittaga ko‘paydi. Jizzax viloyatining Zafarobod tumanida yirik sement zavodi "Huaxin Cement Jizzakh" MChJ QKning birinchi bosqichi ishga tushurildi. Korxona yiliga 1,2 mln tonna sement ishlab chiqarish quvvatiga ega. Loyihaning umumiy qiymati 150,0 mln dollarni tashkil etadi. E’tiborlisi, zavod to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiya hisobiga bunyod etilgan. Muhimi pandemiya sharoitida bu yerda 300 dan ortiq yangi ish o‘rinlari yaratildi. Endilikda korxonada M-400 va M-500 markadagi sifatli sement mahsulotlari ishlab chiqariladi. Buning uchun korxona eng so‘nggi rusumdagi energiya tejamkor, ekologiyaga ta’sir kuchi kam bo‘lgan texnologiyalar bilan jihozlangan. Hozirda zavodda kuniga 2,5-3 ming tonna yarim tayyor mahsulot klinker ishlab chiqarilmoqda. Sinov-tekshiruv davri yakunlangach zavod kuniga 5 ming tonna sifatli sement ishlab chiqarish imkoniyatiga ega bo‘ladi.

Ma’lumot uchun, “O‘zsanoatqurilishmateriallari” uyushmasi investitsiya loyihalar, hamda xududiy dasturiga ko‘ra viloyat hokimliklari bilan hamkorlikda joriy yilda umumiy quvvati 5 mln tonna bo‘lgan jami 6 ta yangi sement zavodlari foydalanishga topshiriladi. Natijada, sement ishlab chiqarish bo‘yicha umumiy ishlab chiqarish quvvati yiliga 20 mln. tonnaga yetkaziladi.

Manba: Matbuot xizmati
Ko'rishlar: 57
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech