Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A
19 Mar 2020

Bugun mamlakatimiz bo‘ylab ulkan qurilish-bunyodkorlik ishlari amalga oshirilmoqda. Bu jarayonda barcha qurilish mahsulotlari qatorida sementga bo‘lgan talab ham yanada oshmoqda. Mavjud talabni qondirish bo‘yicha bugungi kunda “O‘zsanoatqurilishmateriallari” uyushmasi tomonidan aniq chora-tadbirlar rejasi ishlab chiqilgan bo‘lib, bosqichma-bosqich yangi quvvatlar ishga tushirilmoqda.

Xususan, o‘tgan yilning dekabr oyida Samarqand viloyatida “Jomboy yashil chiroqlari” MChJ tomonidan umumiy qiymati 42 million dollarni tashkil etuvchi yirik investitsiya loyihasi amalga oshirildi. Korxonaning ishlab chiqarish quvvati yiliga 300 ming tonnani tashkil etadi. Uskunalar zamonaviy, energiya tejamkor bo‘lib, Xitoy Xalq Respublikasidan keltirilgan. Mazkur korxonani qurish ishlari 1 yil davomida olib borildi.

Ayni paytda zavodda Zavodda bir kecha-kunduzda 1200 tonna M-400 markali yuqori sifatli sement ishlab chiqarilmoqda. Korxona o‘z faoliyatini boshlashi bilan 200 nafar mahalliy aholi doimiy ish o‘rniga ega bo‘ldi.

Manba: Matbuot xizmati
Ko'rishlar: 63
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech