Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A
10 Mar 2020

Mamlakatimizda import o‘rnini bosuvchi, eksportga mo‘ljallangan, innovatsion energiya tejamkor mahsulotlar ishlab chiqarishga alohida etibor qaratilmokda. Ushbu yo‘nalishda “O‘zsanoatqurilishmateriallari” uyushmasi tomonidan mahalliy bozorni arzon, sifatli, energiya tejamkor, yangi turdagi qurilish materiallari bilan ta’minlash maqsadida ko‘plab ishlar amalga oshirilmoqda. Xususan, kuni kecha “O‘zqurilishmaterialLITI” va «Qizilqumsement» AJ hamkorligida yangi innovatsion loyiha ishlari ijobiy yakunlandi.

“O‘zsanoatqurilishmateriallari” uyushmasi tashabbusi bilan, “Qizilqumsement” AJ shifer ishlab chikarish sexida respublikamizda ilk bor rangli 8 to‘lqinli shifer mahsuloti tajriba yo‘li bilan olindi. Tayer mahsulot me’yoriy fizik-mexanik sinovlardan o‘tkazilganda, namuna barcha davlat standartlari talablariga javob berishi kayd etildi.

Korxona tomonidan yangi turdagi mahsulotni sertifikatlashtirib, qurilish materiallari bozoriga taklif tariqasida dastlabki tayyor mahsulot sifatida 1000 dona shifer ishlab chiqarishni rejalashtirgan.

Manba: Matbuot xizmati
Ko'rishlar: 82
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech