Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A
11 Sep 2020

Bugun “O‘zsanoatqurilishmateriallari” uyushmasida yashirin iqtisodiyot va korrupsiyaga qarshi kurashish hamda uning oldini olish yuzasidan 2020-2021 yillarga mo‘ljallangan “Yo‘l xaritasi”da belgilangan topshiriqlar ijrosini ta’minlash bo‘yicha yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. Unda O‘zbekiston Respublikasi Hisob palatasi vakili, uyushma markaziy apparat rahbar va xodimlari ishtirok etishdi.

Darhaqiqat, mamlakatimizda yashirin iqtisodiyot darajasi yuqori. Shu bois keyingi yillarda biznesga qo‘shimcha qulayliklar yaratish orqali yashirin iqtisodiyot ulushini kamaytirish choralari ko‘rilmoqda. Xususan, valyuta bozori erkinlashtirildi, yangi soliq tizimi joriy etildi, 100 ga yaqin ruxsat berish va litsenziyalash qoidalari qisqartirildi. Bularning natijasida oxirgi 5 yilda sanoatda norasmiy sektor ulushi 20 foizdan 6 foizga tushgan. Qurilish materiallari respublika sanoatining eng asosiy drayverlaridan biri sanaladi. Shu bois sohada yashirin iqtisodiyot va korrupsiyaga qarshi kurashish hamda uning oldini olish, eng muhim masala hisoblanadi.

Bugungi yig‘ilishda yukoridagi jihatlarga alohida to‘xtalib o‘tildi. Unda qurilish materiallari sanoatini yashirin iqtisodiyotdan xoli soha qilish, korrupsiyaga qarshi kurash bo‘yicha olib borilishi kerak bo‘lgan ishlar, yashirin iqtisodiyotga yo‘l qo‘ymaslik, uning davlat va jamiyatga yetkazadigan zararlari haqida ham ma’lumot berildi. Mas’ullarga “Yo‘l xaritasi” bo‘yicha belgilangan vazifalarni o‘z vaqtida bajarish bo‘yicha topshiriqlar berildi.

Shuningdek, yig‘ilishda yashirin iqtisodiyotga qarshi kurashishda ehtiyot bo‘lish, iqtisodiy faollikka zarar yetkazib qo‘ymaslik, buning uchun davlat organlari, biznes va jamoatchilik hamjihatlikda ishlashi muhimligi ta’kidlandi.

Manba: Matbuot xizmati
Ko'rishlar: 59
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech