Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

«Qurilish - UzBuild 2014» o'n beshinchi yubiley Xalqaro ko'rgazmasi ishtirokchilariga

Hurmatli xonimlar va janoblar!

“O'zqurilishmateriallari” Aktsiyadorlik kompaniyasi nomidan «Qurilish - UzBuild 2014» o'n beshinchi yubiley Xalqaro ko'rgazmasi ishtirokchilari, mehmonlar va tashkilotchilarni chin qalbdan qutlaymiz

O'zbekistonda qurilish mahsulotlari bozori jadallik bilan rivojlanmoqda. Respublikamizda qurilish materiallarini ishlab chiqish hajmi 44 foizga o'sdi. Sendvich panellar (+75,2%), quruq qurilish aralashmalari (+61,0%), montaj ko'pigi (+71,4%), asbest sement quvurlar va mahsulotlar (+25,0%), devorlarning ichki bezagi uchun keramik plitkalar (+31,6%) kabi qurilish materiallarini ishlab chiqish sezilarli darajada oshdi.

O'zbekistonda UzBuild Xalqaro qurilish ko'rgazmasini o'tkazish mahalliy kompaniyalar bilan xalqaro aloqalarni rivojlantirishga yaxshi yordam beradi. Ko'rgazma respublikamizda qurilish materiallarini ishlab chiqarishni rivojlantirishga katta hissa qo'shadi, shuningdek qurilish bozori investitsiya jozibadorligini oshirishga yordam beradi.

Bu yil ko'rgazma o'zining 15-yillik yubileyini nishonlamoqda. O'tgan vaqt mobaynida UzBuild ancha o'sdi va jahon miqyosidagi voqeaga aylandi.

UzBuild ishtirokchilari, mehmonlar va tashkilotchilarni yubiley bilan tabriklayman.

Ko'rgazma ishtirokchilariga samarali ish va foydali kontaktlarni tilayman!

Hurmat bilan,

“O'zqurilishmateriallari” AK

Boshqaruvi raisi

E.M.Akramov


Файл
Yuklab olish
Hajmi: 381.21 KB
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech