Xush kelding, Navro‘zi olam!


Aziz hamkasblar!

Shu kunlarda atrofda ajib manzaralar barq urib, tabiat uyg‘onmoqda. Bahor havosidan qalblarga tarovat, iliqlik yugurmoqda. Yangilanish, yasharish fasli boshlandi. Tun bilan kun tenglashadigan kunda nishonlanadigan, xalqimiz uchun sharqona yangi yil — Navro‘z ayyomi munosabati bilan xodimlarini samimiy muborakbod etaman.
Shu kunlarda mahalla-ko‘y doshqozonlar atrofida jamuljam bo‘lib, ayollarimiz, momolarimiz ezgu niyat, zavq va xursandchilik bilan insonga kuch-quvvat beradigan sumalak va halim, ko‘k somsa va go‘ja kabi tansiq taomlarni tayyorlashib, ularni oilasi va do‘stu birodarlari bilan baham ko‘rishayapti.
Bayram munosabati bilan yurtimizning barcha hududlarida obodonchilik hamda bunyodkorlik ishlari keng quloch yozib, shaharu qishloqlarimiz yanada chiroy ochmoqda. O‘tkazilayotgan tadbirlarda Navro‘zning betakror fazilatlari e’tirof etilayotir.
Sizlarni yana bir bor Navro‘z ayyomi bilan qutlayman. Navro‘z bayrami elimizda obodlik, tinchlik-totuvlik, millatlaro ahillik, bag‘ri kenglik ramzi, qalblarimizda ezgulik uyg‘otadigan haqiqiy sharqona bayram bo‘lib qolaveradi. Barchalaringizga sihat-salomatlik, xotirjamlik, oilaviy baxt-saodat tilayman.

E'tiboringiz uchun rahmat.

Eng yaxshi tilaklar bilan,

Boshqaruv raisi

Ayxodjayev R.I.

Мероприятия calendar icon

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech