Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

“O‘zqurilishmateriallari” aksiyadorlik kompaniyasi tomonidan sohada tarkibiy o‘zgarishlarni amalga oshirish, ishlab chiqarishni modernizatsiyalash va diversifikatsiyalash hamda korxonalarda zamonaviy korporativ boshqaruv tizimini joriy etish yuzasidan olib borayotgan ishlari to‘g‘risida

Bugungi kunda bozorni mahalliy raqobatbardosh qurilish materiallari bilan yanada to‘ldirish, import o‘rnini bosishni chuqurlashtirish va eksport hajmini oshirish maqsadida kompaniya tomonidan doimiy ravishda bozorning qurilish materiallariga bo‘lgan ehtiyoji o‘rganib borilmoqda hamda qurilish materiallarini import va eksport qilishning monitoringi va tahlili olib borilmoqda.

Natijada 2012-2015 yillarda Respublikaga import qilingan qurilish materiallarining tahlili asosida 150 mln. AQSh dollarilik 15 dan ortiq turdagi qurilish materiallari aniqlangan bo‘lib, ular bozor ehtiyojini qondirish maqsadida sezilarli hajmlarda olib kelinmoqda va bugungi kunda ularni o‘zlashtirish ishlari olib borilmoqda.

Hozirgi kunda respublikamiz xududida 6500 tadan ortiq qurilish materiallarini ishlab chiqaruvchi korxonalar mavjud bo‘lib, bu korxonalarda ishlab chiqarishni modernizatsiyalash va diversifikatsiyalashga oid chora-tadbirlar rejalari amalga oshirilmoqda.

Quyidagi qurilish materiallarini ishlab chiqarish hajmi 2 barobardan ortiq miqdorga oshirildi:

Gipskarton - umumiy quvvati 60,0 mln.kv.m dan ortiqroq bo‘lib, respublika ehtiyoji qondirilmoqda va eksport qilinmoqda;

Quruq qurilish qorishmalari – 50 dan ortiq korxonalar va 15 dan dan ortiq turdagi mahsulotlar umumiy yillik quvvatii - 400,0 ming tonna.

Sopol plitkalar («ToshQMK» AJ - 2,0 mln.kv.m, «Moderna Ceramic Industries Fergana» QK, Farg‘ona sh. - 3,5 mln.kv.m). Bugungi kunda amaldagi quvvatlar 13,0 mln.kv.m ni tashkil etayotgan bo‘lib, 2016-2017 yillarda 16,0 mln.kv.m dan ortiq hajmdagi quvvatlarni ishga tushirish kutilmoqda, ulardan: «Prime Ceramics» MChJ, Samarkand sh. – 2.75 mln.kv.m, «Ehsan Maybod Manufacturing Group» XK MChJ, Tashkent viloyati, Yukori –Chirchik tumani – 2.1 mln.kv.m.

“Mayolika” bezaklovchi materiallarini ishlab chiqarish «Art Mosaic» MChJ, «Azia Mosaic» MChJ, «Bill Tosh» MChJ va «Fiammata» MChJ larda o‘zlashtirilgan.

Mahalliy ishlab chiqaruvchilar tomonidan mazkur mahsulot ishlab chiqarilishining o‘zlashtirilishi va kengaytirilishi natijasida so‘nggi 3 yil ichida import hajmi talab va ehtiyojning o‘sib borishi davrida 3,5 barobarga kamaydi.

Shisha plastikli armaturani ishlab chiqarish «Boston Tekstil» MChJ va «ARM Composite» MChJ lar tomonidan o‘zlashtirilgan bo‘lib, ular 2015-2019 yillarga mo‘ljallangan Mahalliylashtirish dasturiga kiritilgan (O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2015 yil 11 fevraldagi PQ-2298-sonli qarori).

Bundan tashqari, «Mega invest indastrial» MChJ tomonidan Jizzax viloyatida quvvati 2,5 ming tonna bo‘lgan uzluksiz bazalt tolasi va bazalt-plastikli armaturani ishlab chiqarishni tashkillashtirish loyihasi amalga oshirilayotgan bo‘lib, loyiha qiymati 51,8 mln.AQSh dollarini tashkil etadi va loyiha 2016-2018 yillarda amalga oshiriladi.

Bu loyiha O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2015 yil 4 martdagi PF-4707-sonli Farmoniga asosan “2015-2019 yillarda tarkibiy o‘zgartirishlarni ta’minlash hamda ishlab chiqarishni modernizatsiyalash va diversifikatsiyalashga oid chora-tadbirlar Dasturiga kiritilgan.

Issiqlikni saqlovchi materiallar - «O‘zmetkombinat» AJ tomonidan Toshkent viloyati Bekobod shahrida quvvati 10,0 ming tonna bo‘lgan qiymati 16,03 mln.AQSh dollarilik issiqlikni saqlovchi materiallarni (bazalt tolasi, motlar, plitalar) ishlab chiqarish ishga tushirilgan bo‘lib, u respublikaning mazkur mahsulotga bo‘lgan ehtiyojini qoplaydi.

«Eco climat» MChJ tomonidan “Jizzax” MIH da quvvati 10,0 ming tonna bo‘lgan shisha momiq asosida issiqlikni saqlovchi buyumlarni (motlar, plitalar) ishlab chiqarish loyihasini amalga oshirish ishlari boshlangan bo‘lib, loyiha 2016 yilda ishga tushiriladi.

Sanitariya-texnika keramikasi.

Bugungi kunda respublikadagi 2 ta korxona tomonidan sanitar-texnika keramika mahsulotlari ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yilgan:

– «Grand art keramiks» QK - Toshkent viloyati Chinoz tumanida joylashgan bo‘lib, yillik quvvati 75,0 ming donaga teng;

– «Kapsantex» UK - Toshkent viloyati Angren shahrida joylashgan bo‘lib, yillik quvvati 25,0 ming donaga teng.

Shu bilan birga 2016 yilning I-choragida, Toshkent shahrida joylashgan “Konvektor” MChJ tomonidan quvvati 100,0 ming dona buyum bo‘lgan sanitariya-texnika keramikasini ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish rejalashtirilgan.

Bugungi kunda respublikada keramogranit mahsulotini ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish ustida tegishli ishlar olib borilmoqda.

«National Ceramics» QK MChJ tomonidan “Angren” MIH da umumiy yillik quvvati 4,5 mln.kv.m bo‘lgan keramogranit va sopol plitkalarni ishlab chiqarish loyihasini amalga oshirish ishlari yakunlanmoqda. Loyiha qiymati 21,1 mln.AQSh dollarini tashkil etib, 2016 yilda ishga tushiriladi.

Toshkent viloyatining Angren shahrida «Lyuks Granit» MChJ tomonidan yillik quvvati 3,0 mln.kv.m bo‘lgan keramogranit ishlab chiqarish loyihasini amalga oshirish ishlari boshlangan (avvalgi “Kulol” AJ hududida). Bunda jahonning ilg‘or ishlab chiqaruvchilarining asbob-uskunalari jalb qilinadi («SITI B&T», Italiya). Ob’ektni 2017 yilda ishga tushirish rejalashtirilmoqda.

Germaniyaning «Knauf Internatsional Gmbx» kompaniyasi tomonidan quruq qurilish qorishmalarini ishlab chiqaruvchi korxonani qurish (yillik quvvati – 120,0 ming tonna) va gipskarton ishlab chiqarishni kengaytirish (yillik quvvati – 8,0 mln.kv.m) uchun 52,5 mln.AQSh dollari miqdoridagi investitsiyalarni kiritish rejalashtirilmoqda.

Mazkur kelishuv O‘zR Prezidentining 12.03.2015y. dagi PQ-2316-sonli “O‘zbekiston Respublikasi va Germaniya Federativ Respublikasi o‘rtasidagi o‘zaro iqtisodiy hamkorlikni yanada kengaytirish to‘g‘risida” gi qaroriga kiritilgan.

O‘zbekiston-Germaniya ishbilarmonlik kengashining yig‘ilishida (GFR, Berlin sh.) “O‘zqurilishmateriallari” AK va «Knauf Gips Buxoro» HK MChJ o‘rtasida quruq qurilish qorishmalari va gipskarton listlarini ishlab chiqarishni tashkillashtirishning asosiy tamoyillari to‘g‘risida kelishuv imzolandi.

Toshkent viloyati Chirchiq shahrida «Kristall» QK tomonidan shisha kristallit mahsulotini ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish loyihasi amalga oshirilmoqda. Bunda investitsiyalar hajmi 9,0 mln.AQSh dollarini tashkil etib, shulardan 5,0 mln.AQSh dollari – to‘g‘ridan-to‘g‘ri horijiy investitsiyalardir. Ishlab chiqarish quvvati 100,0 ming kv.m ni tashkil etadi.

Keyingi 10 yil ichida O‘zbekistonda sement ishlab chiqarish xajmi 3,2 million tonnadan 8,25 million tonnaga ko‘paydi.

Respublikada sementga bo‘lgan extiyojni qondirish maqsadida «Bekobodsement» OAJ da faoliyat ko‘rsatayotgan ishlab chiqarish liniyasi modernizatsiya qilinib quruq usulda yiliga 850 ming tonna sement ishlab chiqaradigan yangi liniya ishga tushirildi, natijada 220 ga yaqin yangi ish o‘rinlari yaratildi.

Shu bilan birga, Jizzax viloyatining Zafarobod tumanida quvvati yiliga 350,0 ming tonna oq sement yoki 760,0 ming tonna portlandsement ishlab chiqaruvchi korhona qurib bitkazildi hamda 340 ta yangi ish o‘rinlari yaratildi. Bundan tashqari, 2015 yildan boshlab korxonaning quvvatini 1,0 mln.tonnaga yetkazish bo‘yicha ishlar boshlanib, joriy yilda mazkur loyixa amalga oshishi ko‘zda tutilgan.

Andijon viloyatidagi «Sing Lida» QK va Farg‘ona viloyatidagi «Farg‘ona sement» MChJ da ham sement ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yilib, Farg‘ona vodiysini qisman sementga bo‘lgan ehtiyojini qisman qondirishga xizmat qilmoqdi.

Shu bilan birga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2015 yil 24 noyabrdagi №2439 sonli qaroriga asosan Namangan viloyatida umumiy quvvati 600 ming tonna bo‘lgan 2 ta sement ishlab chiqarish loyixasini amalga oshirish rejalashtirilgan.

Hukumatimiz tomonidan tasdiqlangan dasturlarga muvofiq, tarmoq bo‘yicha bir nechta loyihalarni amalga oshirish ishlari olib borilmoqda.

O‘zbekiston Respublikasining Investitsiya dasturlariga muvofiq 2016 yilda 6 ta loyihani ishga tushirish ko‘zda tutilmoqda. Bunda 14,31 mln.AQSh dollari miqdoridagi mablag‘lar o‘zlashtiriladi va 100 ta yangi ish o‘rni yaratiladi, Jumladan:

1. «EMG San Ceramic» MChJda sanitar-texnik sopol buyumlar ishlab chiqarishni

tashkil qilish.

2. «Qoraqalpoqsement» HK MChJ Qoraqalpog‘iston Respublikasida sement ishlab chiqaruvchi zavod qurish.

3. «Jizzakh Stone Quality» HK MChJ Jizzax viloyatida sement asosida pardozlovchi materiallar ishlab chiqarishni tashkil qilish.

4. «Qizilqumsement» AJda "Semzavod-2" bosh kamaytiruvchi podstansiyasini qurish va klinker ishlab chiqaruvchi texnologik liniyani modernizatsiya qilish.

5. «Quvasoysement» AJda Kompressor sexidagi kompressorni almashtirish.

Shu bilan birga 2015-2019 yillarga mo‘ljallangan Tarkibiy o‘zgartirishlarni ta’minlash, ishlab chiqarishni modernizatsiya qilish va diversifikatsiyalash dasturiga muvofiq 2016-2019 yillarda quyidagi loyihalarni o‘zlashtirish ko‘zda tutilmoqda:

1. Arxitektura-qurilish oynasini ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish. Loyiha «Uz Oyna» MChJ tomonidan Bekobod shahrida amalga oshirilmoqda. Amalga oshirish muddati - 2016-2018 yy. Quvvati - 20,0 mln.kv.m. Umumiy qiymati - 100,0 mln. AQSh dollari (65,0 mln.AQSh dollari – horijiy kreditlar (GBRK), 10,0 mln.AQSh dollari – o‘z mablag‘lari, 25,0 mln.AQSh dollari – tijorat banklarining kreditlari). Tarmoq jadvali tasdiqlangan. TIA va LSH ishlab chiqilmoqda. Xitoyning «Yaohua Glass Machine Manufacture Co.» kompaniyasi bilan asbob-uskunalarni harid qilish uchun shartnoma tuzilgan.

2. Uzluksiz bazalt tolasi, bazalt plastikli armatura ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish. Loyiha «Mega invest indastrial» MChJ tomonidan Jizzax viloyatida amalga oshirilmoqda. Amalga oshirish muddati - 2016-2018 yy. Umumiy qiymati - 51,8 mln.AQSh dollari (15,3 mln.AQSh dollari – to‘g‘ridan-to‘g‘ri horijiy investitsiyalar (Leigh Barrier LLP, Velikobritaniya), 36,5 mln.AQSh dollari - tijorat banklari kreditlari). Ishlab chiqarish quvvati - 2,5 ming.tonna. Tarmoqli jadval tasdiqlandi, TEO ishlab chiqildi.

3. Sement asosida pardozbop materiallar ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish. Loyiha «Jizzakh Avantage Plus» HK MChJ tomonidan Jizzax viloyatida amalga oshirilmoqda. Umumiy qiymati - 2,0 mln.AQSh dollari. Quvvati - 480,0 ming kv.m. Amalga oshirish muddati - 2015-2016 yy. Tarmoq jadvali tasdiqlangan, TIA ishlab chiqilgan, tegishli hujjatlar “Ipoteka bank” ga kredit rasmiylashtirish uchun taqdim etilgan.

4. Sanitariya-texnika keramikasi, Loyiha «EMG San Ceramic» MChJ tomonidan Toshkent viloyatida amalga oshirilmoqda. Amalga oshirish muddati: 2015-2016 yy. Quvvati - 350,0 ming dona. Umumiy qiymati - 10,0 mln. AQSh dollari (to‘g‘ridan-to‘g‘ri horijiy investitsiyalar va tijorat banklarining kreditlari). Loyihaviy-smeta hujjatlari ishlab chiqilmoqda, “Ipoteka bank” da kreditni rasmiylashtirish masalasi hal etilmoqda.

5. Sement. Loyiha «Qoraqalpoqsement» HK MChJ tomonidan Qoraqalpog‘iston Respublikasida sement ishlab chiqaruvchi zavodni qurish ishlari amalga oshirilmoqda. Umumiy qiymati - 8,0 mln. AQSh dollari. 64 ta ish o‘rni yaratiladi. Quvvati - 200,0 ming tn. Texnologik jixozlar xarid qilish uchun shartnoma tuzilgan. Xozirgi paytda qisman texnologik jixozlar keltirilgan va yordamchi binolar qurilishi olib borilmokda.

2016-2019 yillar uchun Mahalliylashtirish dasturiga asosan 20 dan ortiq turdagi mahsulotlarni o‘zlashtirish va ishlab chiqarish ko‘zda tutilmoqda: sanitar-texnik sopol buyumlar, devor va shiftlar uchun oboylar, kompozitli materiallar (ugoloklar, to‘rtburchakli quvurlar, shvellerlar, armatura), grafitdan ishlangan metalli va metallsiz buyumlar, ftorplastdan ishlangan buyumlar, grafit bilan to‘yingan kaprolonli buyumlar, sopol plitkalar, ko‘pchigan perlitli buyumlar, “bikrom” yumshoq tomyopqich materiali, shisha kristallit, “Mayolika” shishasidan ishlangan bezaklovchi materiallar.

Shu bilan birga, Hududlarda qurilish materiallari ishlab chiqarishni rivojlantirish, modernizatsiya hamda kengaytirish dasturga asosan 2015-2016 yillarda umumiy qiymati 844,0 mln.dollarlik jami 3 697 ta loyihalarni amalga oshirish va natijada 63,8 mingdan ortiq yangi ish o‘rinlari yaratilishi ko‘zda tutilgan.

O‘tgan 2015 yilda jami 330,3 mln.dollarlik 2005 ta (2014 yilga nisbatan 1,11 barobar ko‘p) qurilish materiallarini ishlab chiqarish, modernizatsiya va kengaytirish bo‘yicha loyihalar amalga oshirildi va 36 524 dan ortiq yangi ish o‘rinlari tashkil etildi. Jumladan:

2016 yilga 1691 ta loyihani amalga oshirish ko‘zda tutilmoqda. Bunda 470,6 mln.AQSh dollari o‘zlashtiriladi va 27 700ta yangi ish o‘rni yaratiladi.

Jumladan:

- Surxondaryo viloyatida – 126 ta loyiha (19 ta g‘isht, 1 ta gipsokarton, 11 ta temir beton maxsulotlari, 15 ta quruq qurilish qorishmasi, 16 ta eshik va rom, 6 ta noruda materallar, 14 ta oxak, 15 ta tomyopqich, 15ta shlakoblok va boshkalar);

- Andijon viloyatida – 102ta loyiha (1 ta sement, 21 ta g‘isht, 8 ta temir beton maxsulotlari, 18 ta eshik va rom, 2 ta noruda materallari, 3 ta asfalt va boshqalar);

- Buxoro viloyatida – 167 ta loyiha (44 ta g‘isht, 11 ta temir beton maxsulotlari, 27 ta eshik va rom, 4 ta noruda materallar, 6 metal cherepitsa, 1 ta laminat, 3 ta shlakoblok, 2 ta penoblok, 3 ta mix, 9 ta kurik korishmalar, 2 ta asfalt ishlab chikarish va boshkalar),

- Korakolpog‘iston Respublikasida – 90 ta loyiha (22 ta g‘isht, 2 ta temir beton maxsulotlari, 11 ta eshik va rom, 14 ta noruda materiallari, 10 ta bruschastka maxsulotlar, 6 profnastil, 1 ta vermukulit, va boshkalar);

- Namangan viloyatida – 61 ta loyiha (3 ta sement, 13 ta g‘isht, 9 ta temir-beton maxsulotlari, 9 ta eshik va rom, 4 ta noruda materallar, 3 ta tomyopqich maxsulotlar va boshkalar);

- Xorazm viloyatida – 142 ta loyiha (20 ta g‘isht, 11 ta temir-beton maxsulotlar, 35 ta eshik va rom, 17 ta tom yopqich , 11 ta bruschastka, 1 ta vermukulit, 1 ta MDF ishlab chikarish va boshkalar);

- Toshkent viloyatida – 42 ta loyiha ( 8 ta devorbob materiallar, 2 ta temir-beton maxsulotlari, 2 ta alyumindan eshik va romlar, 1 ta noruda materallari, 2 ta granit, 3 ta metalga ishlov berish, 2 ta gips maxsulotlar, 2 ta profnastil ishlab chikarish va boshkalar);

- Farg‘ona viloyatida – 207 ta loyiha (2 ta sement, 35 ta g‘isht, 4 ta temir-beton maxsulotlari, 28 ta eshik va rom, 4 ta noruda materallari, 17 ta oxak, 16 ta profnastil, 4 ta tomyopqich maxsulotlar, 11 ta shlakoblok, 4 ta kurik korishma, 6 ta asfalt ishlab chikarish, 9 ta bruschastka maxsulotlar, 4 ta mix, 5 ta gips maxsulotlari va boshkalar);

- Djizak viloyatida – 79 ta loyixa (1 ta sement, 6 ta g‘isht, 9 ta temir-beton maxsulotlar, 23 ta eshik va rom, 5 ta noruda materallar, 5 ta bruschatka, 1 ta asfalt, 2 ta bazalt, 2 ta profnastil ,14ta shlakoblok, 2ta mix,1 ta oniks,1 steklovata,1 vollostanit va boshkalar);

- Sirdaryo viloyatida – 72 ta loyiha (6 ta g‘isht, 2 ta keramik plitka, 1 ta polietil kuvur, 3 ta temir-beton, 10 ta eshik va romlar, 6 ta noruda materiallar, 5 ta gips va oxak, 22 ta shlakoblok, 3 ta yulak plitka, 4 ta lak bo‘yok, 1 ta ruberiod, va boshkalar).

- Samarkand viloyatida - 128 ta loyihalar (12 ta g‘isht, 10 ta temir-beton mahsulotlari, 1 ta lak-buyoq mahsulotlari, 13 ta alyuminli eshik va romlar, 1 ta penablok, 5 ta noruda materiallari, 10 ta eshik va romlar, 10 ta gips va oxak, 1 ta dolomit, 2 ta cherepitsa, 12 ta tratuar plitkalari, 7 ta profnastil, 2 ta kreamzit minerali, 33 ta shlakoblok va boshqalar);

- Qashqadaryo viloyatida - 201 ta loyihalar (21 ta pishgan g‘isht, 11 ta temir-beton mahsulotlari, 3 ta lok-buyoq mahsulotlari, 1 ta santexnika jihozlari (rakovina va vanna), 25 ta alyuminli eshik va romlar, 1 ta penablok, 3 ta ohak, 1 ta polietilen quvurlar, 8 ta noruda materiallari, 1 ta cherepitsa, 10 ta profnastil, 15 ta mikrokalsit, 13 ta marmar va boshqalar);

- Navoiy viloyatida – 176 ta loyiha (15 ta g‘isht, 21 ta temir-beton maxsulotlari, 18 ta eshik va rom, 10 ta noruda materiallar, 14 ta oxak, 8 ta marmar plitka, 2 ta tomyopqich maxsulotlar, 1 ta alyumin radiator va boshkalar);

-Toshkent shahrida – 85 ta loyiha (10 ta metal konstruksiya maxsulotlari, 8 ta temir beton buyumlari, 6 ta lak bo‘yoklar, 5 ta eshik va rom, 3 ta yogoch buyumlari, 3 ta kuruk korishmalar, 3 ta sanitar texnik buyumdar, 3 ta tom yopkich materiallari, 2 ta elektrodalar, 2 ta noruda materallari, 2 ta bruschastka maxsulotlar, 2 ta alyumin profillari, 2 ta sopol plitkalar, 1 ta PVX trubalar, 1 ta g‘isht, 1 ta mozayik plitkalar ishlab chikarish va boshkalar).


Makhamadiev A.A.

Jamiyat Boshqaruvi raisining o‘rinbosari


Файл
Yuklab olish
Hajmi: 101.00 KB
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech