Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

2017 yil 26 iyulda soat 15-00 da O'zbekiston Milliy matbuot markazida “O'zqurilishmateriallari” AJ tomonidan Respublikamiz obyektlarini qurilish materiallari bilan ta’minlash borasidagi “O‘zqurilishmateriallari” aksiyadorlik jamiyati tarkibidagi korxonalar tomonidan bajarilgan ishlar, istiqboldagi rejalar va mavjud imkoniyatlar mavzusida matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi.

Bugungi kunda O‘zbekistonni ulkan bunyodkorlik maydoniga qiyoslasak arziydi. Negaki, mamlakatimiz bo‘ylab ko‘plab yangi sanoat korxonalari, zamonaviy turarjoylar, ko‘rkam ijtimoiy-maishiy ob’ektlar jadallik bilan qurilayapti. Joylarda qad rostlayotgan bunday muhtasham inshootlar nafaqat turmushimizni yanada obod va farovon etayotgani, balki iqtisodiy qudratimizni yuksaltirishga xizmat qilayotgani bilan ahamiyatlidir. Qurilish, bunyodkorlik bo‘layotgan Yurt, tinchlikdan, farovonlikdan, fayzu-barakadan darak beradi. Ushbu ishlarning samaradorligi ob’ektlarni sifatli qurilish materiallari bilan doimiy ravishda ta’minlab borishga bog‘liqdir.

Bundan maqsad – aholini arzon, sifatli, keng turdagi qurilish materiallari bilan ta’minlash, yangi ish joylar ochish. Bunday materiallar ko‘p va arzon bo‘lsa, odamlar uy-joy quradi, yangi maktab va ishifoxonalar, korxonalar, yo‘llar bunyod etadi. Xalqimiz farovonligi yanada oshadi.

Muxtaram Prezidentimiz tomonidan respublikamizni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlari bo‘yicha belgilangan vazifalar asosida qurilish materiallari sanoatiga muhim e’tibor qaratilmoqda. “O‘zqurilishmateriallari” aksiyadorlik jamiyati ham ayni shu boradagi vazifalarni o‘zi uchun aniq yo‘nalish sifatida belgilab oldi.

2017 yil 14 yanvardagi respublika Hukumati yig‘ilishida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan ko‘rsatib berilgan 2017 yilda mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish dasturidagi ustuvor yo‘nalishlarni amalga oshirish bo‘yicha ko‘rilgan chora-tadbirlar natijasida, 2017 yilning 1-yarim yil davomida iqtisodiyotning o‘sish sur’atlari va makroiqtisodiy barqarorlikni mustahkamlash ta’minlandi.

Boshqaruv Raisi: B.K.Zaripov


Файл
Yuklab olish
Hajmi: 238.90 KB
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech