O'zbekiston Milliy matbuot markazida “O'zqurilishmateriallari” AJ tomonidan matbuot anjumani


Пресс-релиз

2018 yilning 6 mart kuni Milliy matbuot markazida O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoevning “Xalq davlat idoralariga emas, balki davlat idoralari xalqimizga xizmat qilishi kerak” g'oyasi asosida respublikamizda qurilish materiallari ishlab chiqarish sohasini rivojlantirishga qaratilgan Farmon va farmoyishlar, qarorlar, berilgan topshiriqlar ijrosi qanday borayotganligi to'g'risida xalqimizni xabardor etib borish maqsadida matbuot anjumani o'tkazildi.

Matbuot anjumani “Arzon va sifatli qurilish materiallari ishlab chiqarishda bozor munosabatlarini chuqurlashtirish, raqobatbardosh mahsulot ishlab chiqarishning o'sishini rag'batlantirish, tarmoq korxonalar faoliyatini barqarorlashtirish va moliyaviy jihatdan sog'lomlashtirish borasida belgilangan chora tadbirlar” mavzusiga bag'ishlandi.

Unda “O'zqurilishmateriallari” aktsiyadorlik jamiyati rahbarlari va uning tarkibiga kiruvchi yirik zavod hamda korxona rahbarlari va ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdilar.

Tadbirda “O'zqurilishmateriallari” aktsiyadorlik jamiyati tomonidan davlatimiz rahbarining aholini sifatli qurilish materiallari bilan ta'minlash, tarmoq korxonalarini modernizatsiya qilish orqali import hajmini kamaytirib, eksportbop mahsulotlar ishlab chiqarish hajmini ko'paytirish hamda yangi ish o'rinlarini yaratish borasida berilgan topshiriqlar soha rivojida muhim omil bo'layotganligi ta'kidlandi.

Matbuot anjumanida “O'zqurilishmateriallari” aktsiyadorlik jamiyati boshqaruvi raisi B.Zaripov tomonidan aholini sifatli va arzon qurilish materiallariga bo'lgan talabini qondirish, ishlab chiqarish quvvatlarini tashkil etish orqali sohada yangi ish o'rinlarini yaratish borasida muayyan ishlar amalga oshirilgani, davlat dasturlarida belgilangan rejalar to'liq bajarilgani ta'kidlandi.

Qayd etildiki, Respublikada 8000 ga yaqin qurilish materiallari ishlab chiqaruvchi korxonalar mavjud bo'lib, ular tomonidan 100 dan ortiq turdagi qurilish materiallari ishlab chiqarilmoqda.

O'tgan yilda “O'zqurilishmateriallari” aktsiyadorlik jamiyati tomonidan 3 trln. 113 mlrd. so'mlik sanoat mahsulotlari ishlab chiqarilib, belgilangan prognoz ko'rsatkichi to'liq bajarildi. Jamiyat tarkibidagi eksportyor korxonalar tomonidan 113 mln. dollar miqdorida mahsulotlar eksport qilinib, reja bajarildi.

Mahalliylashtirish dasturi doirasida 79,1 mlrd. so'mlik 9 turdagi yangi mahsulotlar ishlab chiqarildi va reja 104,8 foizga bajarildi (o'sish 2016 yilga nisbatan 1,7 marta). 2017 yil Investitsiya dasturi doirasida 13 ta loyihaga 74 mln. dollarlik investitsiya mablag'lari jalb etilib, belgilangan reja 102,1 foizga bajarildi.

Shuningdek, mahsulotlar ishlab chiqarish tannarxi 8,1 foizga yoki 109 mlrd.so'mga pasaytirildi.

O'tgan yilda jamiyat tarkibidagi korxonalar tomonidan 1460 ta yangi ish o'rinlari yaratish ko'zda tutilgan bo'lib, amalda 1467 taga bajarildi.

Jamiyat tarkibidagi 6 ta yirik sanoat korxonalarida qiymati 9,8 mln. dollarlik 52 ta uskuna va jihozlar yangisiga almashtirildi va belgilangan reja 110,5 foizga bajarildi.

Natijada, 23,0 mln.kub.m tabiiy gaz va 22,0 mln.kV.soat elektr energiyasi iqtisod qilindi. Jamiyat bo'yicha xalqaro sifat menejmenti tizimi 35 ta korxonada joriy qilinib, ularning soni 72 taga va energiya menejmenti tizimi esa 3 ta korxonada joriy qilinib, ularning soni 4 taga etkazildi. 11 492 tonna qora metall parchalari topshirilib, 2017 yilgi reja to'liq bajarildi.

O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoevning Qoraqalpog'iston Respublikasi, mamlakatimiz viloyatlariga amalga oshirgan tashriflari davomida sohani rivojlantirish bo'yicha bergan topshiriq va qo'ygan vazifalari asosida qurilish materiallari ishlab chiqarish loyihalarining manzilli ro'yxatlari shakllantirilib, tizimli ravishda moliyalashtirish va ishga tushirish amalga oshirilmoqda.

Xususan, 2017 yilda qurilish materiallari ishlab chiqarishni tashkil etish bo'yicha umumiy qiymati 586,9 mln. dollarlik yoki 2 trln. 465 mlrd. so'mlik 2 167 ta loyiha ishga tushirilib, 28,3 mingdan ortiq yangi ish o'rinlari yaratildi.

Muhtaram Prezidentimiz tomonidan ishlab chiqilgan O'zbekiston Respublikasini rivojlantirishning 5 ta ustuvor yo'nalishi bo'yicha Harakatlar startegiyasida belgilab berilgan vazifalar “O'zqurilishmateriallari” jamiyati tomonidan so'zsiz ijro etib kelinmoqda.

Harakatlar strategiyasi dasturiga ko'ra mahalliy xom-ashyolar asosida eksportbop va import o'rnini bosuvchi qurilish materiallari ishlab chiqarish bo'yicha 29 ta yirik loyihani amalga oshirish belgilab olinib, tarmoq jadvallari ishlab chiqilgan.

Bugungi kunda, 510 mlrd. so'mlik 24 ta loyiha ishga tushirilib 1,1 mingta yangi ish o'rinlari yaratildi.

Xususan, Samarkand shahrida “Praym keramiks” qo'shma korxonasida yiliga 2,7 mln. kvadrat metr keramik plitka, “Angren” erkin iqtisodiy zonasida “Neyshinl Keramiks” korxonasida 4,5 mln. kvadrat metr keromagranit, “Navoiy” erkin iqtisodiy zonasida “Grin Layn Profil” korxonasida 3,5 ming tonna alyumin profillari ishlab chiqarish yo'lga qo'yildi.

Bundan tashqari, respublikamizning sanoat korxonalariga va yangi ish o'rinlariga talab yuqori bo'lgan 9 ta tuman va shaharlarida qo'shimcha 16 ta loyihani amalga oshirish va 300 ga yaqin yangi ish o'rinlarini tashkil etish bo'yicha ro'yxat shakllantirildi.

Shuningdek, hududiy dasturlarga asosan Jarqo'rg'on, Qorao'zak va Qo'rg'ontepa tumanlarida yuqori markali tsement, Termiz shahri va Sirdaryo tumanlarida qamish va g'o'zapoya asosida DSP, Nurota, O'rtachirchiq tumanlarida va Qo'qon shahrida granit va marmar toshlardan zamonaviy qurilish materiallari, Forish tumanida bazalt armaturasi kabi qurilish materiallari ishlab chiqarish loyihalarini ishga tushirish bo'yicha tizimli ishlar amalga oshirilmoqda.

Ishlab chiqarishni modernizatsiya qilish va diversifikatsiyalash dasturi doirasida 3 ta loyiha bo'yicha 13,7 mln.dollarlik mablag' o'zlashtirilib, belgilangan reja to'liq bajarildi.

Shuningdek, 2016-2020 yillarda qurilish industriyasini yanada rivojlantirish dasturiga ko'ra o'tgan yilda 23 ta loyiha bo'yicha 108,7 mln. dollarlik investitsiya o'zlashtirildi, jumladan 91,9 mln.dollarlik 17 ta loyiha ishga tushirildi va 6 ta loyiha esa joriy yilda ishga tushiriladi (Toshkent viloyatida “Gret voll keramiks” va “Ran tong metal indastriez”, Jizzax viloyatida “Mega invest indastrial", Namangan viloyatida “Quruvchi kushon”, Samarqand viloyatida "Samarqand Afrasiyob tsement", Surxondaryo viloyatida Olmaliq kon metallurgiya kombinatiga qarashli tsement zavodi).

2017 yilda “O'zqurilishmateriallari” jamiyati tizimidagi korxonalar tomonidan 7 mln. 700 ming tonna tsement, 12 mln. 800 ming kv.m qurilish oynasi, 2 mln. 900 ming kv. metr keramik plitkalar, 73,4 ming tonna quruq aralashmalar, 7,1 mln.dona shifer, 88 ming tonna gips, 74 mln. dona pishiq g'isht ishlab chiqarildi.

Shuningdek mazkur matbuot anjumanida “O'zqurilishmateriallari” aktsiyadorlik jamiyati boshqaruvi raisi B.Zaripov tomonidan jamiyatning 2018 yil va yaqin istiqbolga mo'ljallangan reja va dasturlari haqida ham ma'lumot berildi.

Ta'kidlanganidek, joriy yilning 22 dekabr kuni Prezidentimiz Sh.Mirziyoevning mamlakat parlamenti - Oliy Majlisga Murojaatnomasida belgilangan vazifalar jamiyat faoliyatining ustuvor yo'nalishlarini tashkil yetadi.

018 yilda mahalliy xom ashyolardan samarali foydalangan holda innovatsion texnologiyalar asosida zamonaviy energotejamkor, tannarxi arzon qurilish materiallarini ishlab chiqarish, qurilish materiallari ishlab chiqarish hajmlarini va turlarini oshirgan holda ularning narxlarini barqarorligini ta'minlash va importni qisqartirish maqsadida 3,3 trln.so'mlik sanoat mahsulotlari ishlab chiqariladi va o'sish sur'ati 110 foizga ta'minlanadi.

Ishlab chiqariladigan qurilish materiallari turi 105 tadan 120 taga yetkaziladi.
Jumladan, katta o'lchamli keramik plitkalar, glazurli keramik plitkalar, keramogranit, steklokristalit, bazalt tolali materiallar, kompozit armatura, bazalt sendvich panellar yuqori markali tsement, choksiz metall quvurlar, armatura, metallprokat va boshqa ko'plab qurilish materiallari ishlab chiqariladi

Bugungi kunda respublikamizga import qilinayotgan qurilish materiallariga bo'lgan talab bosqichma-bosqich mahalliy ishlab chiqaruvchilar tomonidan qoplab boriladi, 2019 yilda metall va yog'och mahsulotlaridan tashqari deyarli barcha qurilish materiallari respublikamizda ishlab chiqariladi va ichki bozor to'liq ta'minlanadi.

Matbuot anjumanida ommaviy axborot vositalari vakillari tomonidan qurilish materiallari ishlab chiqarish sohasida yuzaga kelayotgan ayrim muammolar bo'yicha savollar berildi va “O'zqurilishmateriallari” jamiyatining mas'ul xodimlari tomonidan ushbu savollarga atroflicha tushuntirishlar berildi.


Press-relizlar
Yuklab olish
Hajmi: 353.29 KB

Мероприятия calendar icon

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech