Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A
13.04.2018

Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev Sirdaryo tumanidagi “Sirdaryo Mega-Luks” korxonasi faoliyati bilan tanishdi.

Rossiya Federatsiyasi bilan hamkorlikda 2012-yili tashkil etilgan qo‘shma korxonada polipropilen granulasidan turli hajmdagi qoplar ishlab chiqarilmoqda. Bu kimyo, qurilish, to‘qimachilik, farmatsevtika, oziq-ovqat va nooziq-ovqat sanoatida,  qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini qadoqlashda qo‘l keladi.

Prezidentimiz korxona salohiyatini kengaytirishga qaratilgan loyihalar bilan tanishdi. Innovatsion texnologiyalarni joriy etish orqali sifat va samaradorlikni oshirish, ichki bozorni to‘la egallab, tashqi bozorlarga ham chiqish bo‘yicha ko‘rsatmalar berdi.

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech