Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A
01.12.2018

Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan Urganch shahri markazida Jaloliddin Manguberdi memorial bog‘ini barpo etish rejalashtirilgan.

Davlatimiz rahbari 30 noyabr kuni Al-Xorazmiy va Pahlavon Mahmud ko‘chalari kesishmasidagi ushbu maydonga tashrif buyurib, qurilish loyihalari bilan tanishdi.

Jaloliddin Manguberdi haykali buyuk bobomizning jasorati va shonu shavkatiga mos mahobatli bo‘lishi, uning atrofidan nur taralib turishi kerakligini ta’kidladi.

- Bu maydonda tariximiz namoyon bo‘lishi, u Xorazmning «tashrif qog‘ozi»ga aylanishi kerak. Shuning uchun tarixchi olimlar bilan maslahatlashib, maydonni chuqur mazmunli, chiroyli, jozibali qilish zarur, - dedi Shavkat Mirziyoyev.

Prezidentimiz bog‘ hududini kengaytirish va obodonlashtirish, har bir elementda qadimiylikni aks ettirish bo‘yicha o‘z tavsiyalarini berdi.

Shu yerda Urganch shahri markazini batafsil rejalashtirish, ko‘p qavatli uy-joylar qurish, issiqlik va ichimlik suvi ta’minotini yaxshilashga doir loyihalar bo‘yicha ham ma’lumot berildi.

Prezidentning Xorazm viloyatiga tashrifi yakunlandi.

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech