Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A
01.05.2019

Termiz shahrida Xalq deputatlari Surxondaryo viloyati kengashining navbatdan tashqari sessiyasi bo‘lib o‘tmoqda.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev sessiyani ochiq muloqot tarzida o‘tkazishni taklif qildi.

- Haqiqiy ahvolni gapirgan odam bizga do‘st. Uchrashuvimiz hamma masalalarni joy joyiga qo‘yish bo‘yicha foydali bo‘lsin, - dedi davlatimiz rahbari

Prezidentimiz foydali qazilmalarga boy, uch martagacha hosil olsa bo‘ladigan tabiiy sharoitga ega, aholisi mehnatsevar Surxondaryo viloyati salohiyatining hali o‘ndan biri ham ishga solinmaganini qayd etdi. Aholi jon boshiga yalpi hududiy mahsulot mamlakatimiz ko‘rsatkichidan 2,3 barobar, xizmat ko‘rsatish 2 barobar, sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish va eksport qilish 8 barobar kam ekanini ko‘rsatib o‘tdi. Viloyatda iqtisodiy faol aholining 10 foizi ishsiz, toza ichimlik suvi bilan ta’minlash darajasi 54 foiz ekani tanqid qilindi.

Shu kabi masalalarni hal etish, viloyatni har tomonlama rivojlantirish maqsadida 2019-2020 yillar uchun umumiy qiymati 23 trillion 632 milliard so‘m bo‘lgan 649 investitsiya loyihasi rejalashtirilgan. Bular doirasida 2,2 milliard dollar to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalarni o‘zlashtirish, 11 ming 500 ta ish o‘rni yaratish mo‘lajallangan.

Bundan tashqari, Surxondaryoning o‘ziga xos xususiyatlari va imkoniyatlarini chuqur o‘rgangan holda viloyatni 2030 yilgacha kompleks rivojlantirish bo‘yicha konsepsiya ham ishlab chiqilmoqda.

Prezidentimiz chet eldan investitsiya olib kelib, zamonaviy korxonalar tashkil etish, yangi ish o‘rinlari yaratish, aholi va mahalliy byudjetlar daromadini ko‘paytirish bo‘yicha ustuvor vazifalarni belgilab berdi.

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech