Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A
11.10.2018

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev huzurida 2018 yil 10 oktyabr kuni Vazirlar Mahkamasi va iqtisodiy idoralar rahbarlari ishtirokida mamlakatni joriy yil 9 oyida ijtimoiy-iktisodiy rivojlantirish holati va yil yakunlari bo‘yicha kutilayotgan natijalar muhokamasiga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.

Moliyaviy bozorning rivojlanishi iqtisodiyotni yanada liberallashtirish va tadbirkorlik uchun qulay shart-sharoitlar yaratishning asosiy omili hisoblanadi.

Shu bois mamlakatimizda bu borada keng ko‘lamli islohotlar amalga oshirildi. Jumladan, Prezidentimizning 2017 yil 2 sentyabrdagi “Valyuta siyosatini liberallashtirish bo‘yicha birinchi navbatdagi chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi farmoni amalda bo‘lgan valyutani tartibga solish tizimini tubdan isloh qilish, valyuta siyosatini liberallashtirish, barcha tadbirkorlik sub’ektlariga tashqi savdo faoliyatini amalga oshirishda teng sharoitlar yaratishning mutlaqo yangi tizimiga asos bo‘ldi.

Hech shubhasiz aytish mumkinki, mazkur hujjatda ko‘zda tutilgan chora-tadbirlarning amalga oshirilishi mamlakatimizda ishbilarmonlik muhitini yaxshilashga, investitsiya salohiyatining yuksalishiga, pirovardida, iqtisodiyot tarmoqlari samaradorligining yanada yaxshilanishiga xizmat qilmoqda.

Mamlakatimizda valyuta bozorining erkinlashtirilishi – iqtisodiyotda likvidlilik darajasi oshishiga hamda bo‘sh pul mablag‘larining muhim investitsiya va infratuzilma loyihalariga jalb etilishini taqozo qiladi.

O‘z navbatida, kapital bozorini rivojlantirish, xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar, banklar va sug‘urta kompaniyalarining bo‘sh mablag‘larini muhim loyihalarga jalb qilish ham yaxshi samara beradi. Bu borada yangi islohotlarni amalga oshirish davlat byudjeti xarajatlarini bir maromda moliyalashtirish uchun imkoniyatlarni yanada kengaytirishga xizmat qiladi.

Yig‘ilishda “Har bir oila – tadbirkor” davlat dasturining joylardagi ijrosi bo‘yicha mutasaddi rahbarlar hisoboti eshitildi.

Davlatimiz rahbari Harakatlar strategiyasiga muvofiq, mamlakatimizda kapital bozorini rivojlantirish, xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar, tijorat banklari va sug‘urta kompaniyalarining bo‘sh mablag‘larini muhim investitsiya loyihalarini amalga oshirishga jalb qilish maqsadida qimmatli qog‘ozlarni muomalaga chiqarish, shuningdek, joriy yilni muvaffaqiyatli yakunlash va barcha prognoz qilingan asosiy makroiqtisodiy ko‘rsatkichlarga erishishni ta’minlash yuzasidan tegishli topshiriqlar berdi.

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech