2016 yil davomida uchun “O'zqurilishmateriallari” AJ ish yakunlari

2016 yil yakunlari bo'yicha sanoat mahsulotlarini ishlab chiqarish hajmi 2804,8 mlrd. so'mni tashkil etdi. O'tgan yil bilan taqqoslaganda, o'sish sur'ati qiyosiy narxlarda 110,9% ni tashkil etdi.

237,3 mlrd. so'm miqdorida xalq iste'mol tovarlari ishlab chiqarildi yoki 2015 yilning shu davriga nisbatan 104,9%.

Hisobot davrida ishlab chiqarilgan mahsulotlar: tsement 7603,5 ming tn. yoki 2015 yilga nisbatan 100%, qurilish oynasi - 12,7 mln.kv.m (100,1%), gipsokarton plitalari - 25 mln. kv.m (111,6%), ohak - 23,4 ming tn. (100,4%), qurilish gipsi - 68,1 ming tn. (112%), quruq aralashmalar - 65,5 ming tn. (120,8%), sopol plitkalar - 1,5 mln kv.m (2,1 marta), devorbop materiallari - 63, mln. dona (121,4%), sanitar texnik keramikasi 40,8 ming. dona va boshqalar.

Eksportga chiqarilgan mahsulot hajmi 117,1 mln. AQSh doll., bu esa davr prognoziga nisbatan 102,5% ni va 2015 yilga nisbatan 114,6% ni tashkil etadi.

Hisobot davrida mahalliylashtirish dasturi bo'yicha 46,0 mlrd. so'm miqdorida mahsulot ishlab chiqildi, bu esa davr prognoziga nisbatan 102,1% ni va 2015 yilga nisbatan 133,7% ni tashkil etadi.

2016 yil uchun O'zbekiston Respublikasi Investitsiya dasturiga asosan (O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2015 yil 25 dekabrdagi PQ-2458-son qarori) “O'zqurilishmateriallari” AJ bo'yicha umumiy o'zlashtirish qiymati 69,8 mln. AQSh doll. miqdorida 15 ta loyihani amalga oshirish ko'zda tutilgan, shu jumladan, jami o'zlashtirish miqdori 14,31 mln.AQSh doll. bo'lgan 6 ta yangi loyihani ishga tushirish ko'zda tutilgan.

Loyihalarni amalga oshirish tarmoq jadvallariga asosan yil yakuniga amalda 71,34 mln. AQSh doll. o'zlashtirildi (prognozga nisbatan 102,1%), yoki 2015 yilga nisbatan 133,7% ni tashkil etadi va 9 ta kompaniyalar ishga tushirildi, jami miqdori 21,95 mln.AQSh doll. o’zlashtirildi.

2015 - 2019 yillarda tarkibiy qayta o'zgartirish, ishlab chiqarishni modernizatsiya qilish va diversifikatsiyalashni ta'minlash chora-tadbirlari Dasturiga asosan “O'zqurilishmateriallari” AJ da 11 loyihalarni amalga oshirish ko’zda tutilgan, 2015 yilda 4 ta kompaniyalar ishga tushirildi va jami miqdori 18,87 mln. AQSh doll. investitsiya o'zlashtirildi.

2016 yilda 7 loyihalar bo’yicha 34,22 mln.AQSh doll. investitsiyalar o'zlashtirildi.

2016-2020 yillarda qurilish sanoatini yanada rivojlantirish bo'yicha chora-tadbirlar dasturiga muvofiq., O'zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni bilan tasdiqlangan 2016 yil 28 sentyabrdagi PQ-2615 bilan 2016-2020 yillarda qurilish sanoati mahsulotlarini ishlab chiqarish uchun 80 ta loyihalarni amalga oshirish ko’zda tutilgan. Bu yillar davomida jami miqdori 1,2 mrd.AQSH doll. ekvivalentida investitsiyalar o'zlashtiriladi.

Texnik audit bo'yicha rejalashtirilgan ishlardan 10,9 mln.AQSh doll. o'zlashtirildi, bir birlikdagi 50 ta uskunani almashtirildi va yangilash ishlari amalga oshirildi (106,4%).

Tezkor ma'lumotlarga asosan 2017 yilning 1 yanvar holatiga ko'ra debitor qarzdorlik 359,1 mlrd. so'mni tashkil etdi (o'tgan yilning shu davri uchun 93,2%), muddati o'tgan qarzdorlik mavjud emas.

2017 yilning 1 yanvar holatiga ko'ra kreditor qarzdorlik 259,6 mlrd. so'mni tashkil etdi (o'tgan yilning shu davri uchun 93,2%), muddati o'tgan qarzdorlik mavjud emas. Zarar bilan ishlovchi korxonalar mavjud emas.

Hisobot davri yakunlari bo'yicha umuman olganda “O'zqurilishmateriallari” AJ bo'yicha shaxsiy aylanma mablag'lar etarli.

Byudjetga va pensiya jamg'armasiga to'lovlar bo'yicha muddati o'tgan qarzdorlik maqjud emas.

2017 yilning 1 yanvar holatiga ko'ra korxona omborlaridagi tayyor qoldiq mahsulotlar 36,4 mlrd. so'mni tashkil etadi. Normativdan ortiq qoldiq mavjud emas.

O'tkazilgan IX Xalqaro sanoat yarmarkasi va Kooperatsiya birjasida 2016 yil uchun 195,1 mlrd. so'm miqdorida 270 ta shartnoma tuzildi. 2016 yilda amalda 195,2 mlrd. so'm miqdorida xaridlar amalga oshirildi (100 %).

2016 yil uchun tsement ishlatish balansini bajarish va tsement ishlab chiqarish bo'yicha 2016 yilning yakuni uchun 7 603,5 ming tn. tsement ishlab chiqarildi, bu esa davr prognoziga nisbatan 100% ni tashkil etdi.

2016 yil uchun mahsulot tannarxi 137,7 mlrd. so'mga yoki 10,1% ga kamaydi, shu jumladan, energiya resurslarini tejash – 0,7%, ekspluatatsiya harajatlari va ma'muriy-boshqaruv apparatini ta'minlash harajatlari – 3,2%, qo'shimcha va boshqa harajatlar – 6,2% ga kamaydi.

Hisobot davrida kichik biznes korxonalari va xususiy tadbirkorlar tomonidan 399,6 mlrd. so'm miqdorida sanoat mahsulotlari ishlab chiqarildi, ishlab chiqarilgan mahsulotlarning jami ishlab chiqarilgan tovar mahsulotlar hajmidagi salmoq o'lchovi 14,2% ni tashkil etdi.

Tasdiqlangan yangi ish o'rinlarini yaratish va kasanachilikni rivojlantirish manzilli dasturiga asosan amalda 1464 ta yangi ish o'rinlari tashkil etildi, dastur 100,5% ga bajarildi.


Файл
Yuklab olish
Hajmi: 53.50 KB


Мероприятия calendar icon

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech