2017 yil 1 choragi uchun “O'zqurilishmateriallari” AJ ish yakunlari

2017 yil 1 choragi yakunlari bo'yicha sanoat mahsulotlarini ishlab chiqarish hajmi 732,0 mlrd. so'mni tashkil etdi. O'tgan yilning shu davri bilan taqqoslaganda, o'sish sur'ati qiyosiy narxlarda 106,1 % ni tashkil etdi.

63,6 mlrd. so'm miqdorida xalq iste'mol tovarlari ishlab chiqarildi yoki 2065 yilning shu davriga nisbatan 121,0%.

Hisobot choragida ishlab chiqarilgan mahsulotlar: tsement 1842,7 ming tn. yoki 2016 yil 1 choragiga nisbatan 101,7%, temir-beton buyumlari 10,1 ming tn.(4,4 marta), gipsokarton plitalari – 6 mln. kv.m (108,3%), (11,2 marta), qurilish gipsi 11,9 ming tn. (106,9%), quruq aralashmalar – 12,4 ming tn. (110,2%), devorbop materiallari - 11,1 mln. dona (119,4%), sopol plitkalar - 480 ming kv.m (2,2 marta), sanitar texnik keramikasi 47,2 ming. dona va boshqalar.

Eksportga chiqarilgan mahsulot hajmi 11,8 mln. AQSh doll., bu esa 2016 yil prognoziga nisbatan 115,9% ni tashkil etadi.

Hisobot davrida mahalliylashtirish dasturi bo'yicha 4,8 mlrd. so'm miqdorida mahsulot ishlab chiqildi, bu esa 2016 yil prognoziga nisbatan 212,6% ni tashkil etadi.

2017 yil uchun O'zbekiston Respublikasi Investitsiya dasturiga asosan (O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016 yil 23 dekabrdagi PQ-2697-son qarori) “O'zqurilishmateriallari” AJ bo'yicha umumiy o'zlashtirish qiymati 59,2 mln. AQSh doll. miqdorida 15 ta loyihani amalga oshirish ko'zda tutilgan.

2015 - 2019 yillarda tarkibiy qayta o'zgartirish, ishlab chiqarishni modernizatsiya qilish va diversifikatsiyalashni ta'minlash chora-tadbirlari Dasturiga asosan 2017 yilning 1 choragida 6,2 mln. AQSh doll. investitsiya o'zlashtirildi yoki prognozga nisbatan 156,4%.

2016-2020 yillarda qurilish sanoatini yanada rivojlantirish bo'yicha chora-tadbirlar dasturiga muvofiq., O'zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni bilan tasdiqlangan 2016 yil 28 sentyabrdagi PQ-2615 bilan 2016-2020 yillarda qurilish sanoati mahsulotlarini ishlab chiqarish uchun 80 ta loyihalarni amalga oshirish ko’zda tutilgan, shu jumladan 2017 yil 1 choragiga 4,4 mln.AQSH doll. o’zlashtirildi va 4 korxona ishga tushirildi

O'tkazilgan texnik audit natijalariga asosan kompaniya korxonalari tomonidan 2017 yil uchun ma'naviy va jismonan eskirgan uskunalarni ishlab chiqarishdan chiqarish va yangilash bo'yicha loyihalarni amalga oshirish tarmoq jadvallari ishlab chiqildi. 2017 yil 1 choragiga jami miqdori 1,8 ming AQSH doll. ga teng 1 ta texnik uskuna yangilandi.

Tezkor ma'lumotlarga asosan 2017 yilning 1 aprel holatiga ko'ra debitor qarzdorlik 313,0 mlrd. so'mni tashkil etdi (o'tgan yilning shu davri uchun 77,9%), muddati o'tgan qarzdorlik mavjud emas.

2017 yilning 1 aprel holatiga ko'ra kreditor qarzdorlik 279,4 mlrd. so'mni tashkil etdi (o'tgan yilning shu davri uchun 95,6%), muddati o'tgan qarzdorlik mavjud emas. Zarar bilan ishlovchi korxonalar mavjud emas.

Hisobot davri yakunlari bo'yicha umuman olganda “O'zqurilishmateriallari” AJ bo'yicha shaxsiy aylanma mablag'lar etarli.

2017 yilning 1 apreliga holatiga ko'ra korxona omborlaridagi tayyor qoldiq mahsulotlar 49,6 mlrd. so'mni tashkil etadi. Normativdan ortiq qoldiq mavjud emas.

O'tkazilgan X Xalqaro sanoat yarmarkasi va Kooperatsiya birjasida 2017 yil uchun 240,2 mlrd. so'm miqdorida 375 ta shartnoma tuzildi. 2017 yilning 1 choragida amalda 60,0 mlrd. so'm(100,1%) miqdorida xaridlar amalga oshirildi.

2017 yil uchun tsement ishlatish balansini bajarish va tsement ishlab chiqarish bo'yicha 2017 yilning 1 choragiga yakuni uchun 1842,7 ming tn. tsement ishlab chiqarildi, bu esa davr prognoziga nisbatan 103,9% ni i tashkil etdi.

Mahsulot tannarxi 25,7 mlrd. so'mga yoki 10,1% ga kamaydi, shu jumladan, energiya resurslarini tejash – 0,5%, xom-ashyo va materiallar uchun harajatlarni optimallashtirish – 2,9%, ekspluatatsiya harajatlari va ma'muriy-boshqaruv apparatini ta'minlash harajatlari – 3,5%, qo'shimcha va boshqa harajatlar – 1,2% ga kamaydi.

2017 yilning 1 choragi davrida kichik biznes korxonalari va xususiy tadbirkorlar tomonidan 101,6 mlrd. so'm miqdorida sanoat mahsulotlari ishlab chiqarildi, ishlab chiqarilgan mahsulotlarning jami ishlab chiqarilgan tovar mahsulotlar hajmidagi salmoq o'lchovi 13,9% ni tashkil etdi.

Tasdiqlangan yangi ish o'rinlarini yaratish va kasanachilikni rivojlantirish manzilli dasturiga asosan amalda 365 ta yangi ish o'rinlari tashkil etildi, dastur 100% ga bajarildi.


Файл
Yuklab olish
Hajmi: 47.50 KB


Мероприятия calendar icon

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech