2017 yil 2 choragi uchun “O'zqurilishmateriallari” AJ ish yakunlari

2017 yil 1 yarim yilligi yakunlari bo'yicha sanoat mahsulotlarini ishlab chiqarish hajmi 1588,2 mlrd. so'mni tashkil etdi. O'tgan yilning shu davri bilan taqqoslaganda, o'sish sur'ati qiyosiy narxlarda 107,0 %ni tashkil etdi.

142,2 mlrd. so'm miqdorida xalq iste'mol tovarlari ishlab chiqarildi yoki 2016 yilning mos davriga nisbatan 115,7%ni tashkil etdi.

Hisobot davrida ishlab chiqarilgan mahsulotlar: tsement 3853,7 ming tn. yoki 2016 yil 1 yarim yilligiga nisbatan 100,1%, quruq aralashmalar - 32,8 ming tn. (108,8%), sopol plitkalar - 1272 ming kv.m (2,4 marta), qurilish gipsi 33,6 ming tn. (107,9%), shifer - 62,3 ming tn. (105,5%), devorbop materiallari - 26,7 mln. dona (108,5%), sanitar texnik keramikasi - 71,4 ming dona va boshqalar.

Eksportga chiqarilgan mahsulot hajmi 46,4 mln. AQSh dollarini tashkil etib, 2016 yilning mos davriga nisbatan 161,2%ni tashkil etdi.

Hisobot davrida mahalliylashtirish dasturi bo'yicha 22,8 mlrd. so'm miqdorida mahsulot ishlab chiqarildi, bu esa davr prognoziga nisbatan 2,6 martani tashkil etadi.

2017 yil uchun O'zbekiston Respublikasi Investitsiya dasturiga asosan (O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016 yil 23 dekabrdagi PQ-2697-son qarori) “O'zqurilishmateriallari” AJ bo'yicha umumiy o'zlashtirish qiymati 59,2 mln. AQSh doll. miqdorida 15 ta loyihani amalga oshirish ko'zda tutilgan. 2017 yilning 1 yarim yilligida 40,1 mln. AQSh doll. miqdorida investitsiya mablag’lari o’zlashtirilib, prognoz 130,7%ga bajarildi.

2015 - 2019 yillarda tarkibiy qayta o'zgartirish, ishlab chiqarishni modernizatsiya qilish va diversifikatsiyalashni ta'minlash chora-tadbirlari Dasturiga asosan 2017 yilning 1 yarim yilligida 6,9 mln. AQSh doll. miqdorida investitsiya o'zlashtirildi.

2016-2020 yillarda qurilish sanoatini yanada rivojlantirish bo'yicha chora-tadbirlar dasturiga muvofiq., O'zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni bilan tasdiqlangan 2016 yil 28 sentyabrdagi PQ-2615 bilan 2016-2020 yillarda qurilish sanoati mahsulotlarini ishlab chiqarish uchun 80 ta loyihalarni amalga oshirish ko’zda tutilgan. 2017 yil 1 yarim yilligida 4,3 mln.AQSH doll. miqdorida mablag’lar o’zlashtirildi va 5 korxona ishga tushirildi.

O'tkazilgan texnik audit natijalariga asosan kompaniya korxonalari tomonidan 2017 yil uchun ma'naviy va jismonan eskirgan uskunalarni ishlab chiqarishdan chiqarish va yangilash bo'yicha loyihalarni amalga oshirish tarmoq jadvallari ishlab chiqildi. 2017 yil 1 yarim yilligida umumiy qiymati 288 ming AQSH doll. ga teng 2 ta texnik uskuna yangilandi.

Tezkor ma'lumotlarga asosan 2017 yilning 1 iyul holatiga ko'ra debitor qarzdorlik 305,0 mlrd. so'mni tashkil etdi (o'tgan yilning shu davri uchun 84,2%), muddati o'tgan qarzdorlik mavjud emas.

2017 yilning 1 iyul holatiga ko'ra kreditor qarzdorlik 310,4 mlrd. so'mni tashkil etdi (o'tgan yilning shu davri uchun 88,4%), muddati o'tgan qarzdorlik mavjud emas.

Zarar bilan ishlovchi korxonalar mavjud emas.

Hisobot davri yakunlari bo'yicha “O'zqurilishmateriallari” AJ tarkibidagi korxonalarning aylanma mablag'lar etarli.

2017 yilning 1 iyul holatiga ko'ra korxona omborlaridagi tayyor mahsulotlar qoldig’i 38,9 mlrd. so'mni tashkil etadi. Normativdan ortiq qoldiq mavjud emas.

O'tkazilgan X Xalqaro sanoat yarmarkasi va Kooperatsiya birjasida 2017 yil uchun 240,2 mlrd. so'm miqdorida 375 ta shartnoma tuzildi. 2017 yilning 1 yarim yilligida amalda 144,1 mlrd. so'm (100,0%) miqdorida xaridlar amalga oshirildi.

2017 yil uchun tsement ishlab chiqarish va iste’mol qilish balansi bo'yicha 2017 yilning 1 yarim yilligida 3853,7 ming tn. tsement ishlab chiqarildi, bu esa davr prognoziga nisbatan 102,7% ni tashkil etdi.

Mahsulot tannarxi 51,7 mlrd. so'mga yoki 8,1%ga kamaydi, shu jumladan, energiya resurslarini tejash - 0,6%, xom-ashyo va materiallar uchun harajatlarni optimallashtirish - 2,8%, ekspluatatsiya harajatlari va ma'muriy-boshqaruv apparatini ta'minlash harajatlari - 3,5% boshqa harajatlar - 1,2% ga kamaydi.

2017 yilning 1 yarim yilligida kichik biznes korxonalari va xususiy tadbirkorlar tomonidan 252,3 mlrd. so'm miqdorida sanoat mahsulotlari ishlab chiqarildi, ishlab chiqarilgan mahsulotlarning jami ishlab chiqarilgan tovar mahsulotlar hajmidagi salmoq o'lchovi 15,9%ni tashkil etdi.

Tasdiqlangan yangi ish o'rinlarini yaratish va kasanachilikni rivojlantirish manzilli dasturiga asosan amalda 585 ta yangi ish o'rinlari tashkil etildi va dastur 2,8 barobarga oshirib bajarildi.

Файл
Yuklab olish
Hajmi: 50.00 KB


Мероприятия calendar icon

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech