2017 yil uchun “O'zqurilishmateriallari” AJ ish yakunlari

“O'zqurilishmateriallari” AJninig 2017 yil yakunlari

2017 yil yakunlari bo'yicha sanoat mahsulotlarini ishlab chiqarish hajmi 3112,5 mlrd. so'mni tashkil etdi. O'tgan yilning shu davri bilan taqqoslaganda, o'sish sur'ati qiyosiy narxlarda 107,4 %ni tashkil etdi.

257,0 mln. so'm miqdorida xalq iste'mol tovarlari ishlab chiqarildi yoki 2016 yilning mos davriga nisbatan 100,1%ni tashkil etdi.

Hisobot davrida ishlab chiqarilgan mahsulotlar: sement 7704,4 ming tn. yoki 2016 yilga nisbatan 101,3%, qurilish oyna – 12,8 mln.kv.m (100,3%)ga, quruq aralashmalar - 73,4 ming tn. (110,2%), sopol plitkalar – 2925,8 ming kv.m (2,3 marta), qurilish gipsi 73,4 ming tn. (110,2%), shifer - 131,1 ming tn. (100,8%), devorbop materiallari - 50,7 mln. dona (103,5%), sanitar texnik keramikasi - 41,3 ming dona va boshqalar.
Eksportga chiqarilgan mahsulot hajmi 113,1 mln. AQSh dollarini tashkil etib, 2016 yilning mos davriga nisbatan 96,6%ni tashkil etdi.

Hisobot davrida mahalliylashtirish dasturi bo'yicha 103,2 mlrd. so'm miqdorida mahsulot ishlab chiqarildi, bu esa davr prognoziga nisbatan 136,8 %ni tashkil etadi.

2017 yil uchun O'zbekiston Respublikasi Investitsiya dasturiga asosan (O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016 yil 23 dekabrdagi PQ-2697-son qarori) “O'zqurilishmateriallari” AJ bo'yicha umumiy o'zlashtirish qiymati 72,4 mln. AQSh doll. miqdorida 13 ta loyihani amalga oshirish ko'zda tutilgan. 2017 yilda 73,3 mln. AQSh doll. miqdorida investitsiya mablag’lari o’zlashtirilib, prognoz 101,3%ga bajarildi.

2015 - 2019 yillarda tarkibiy qayta o'zgartirish, ishlab chiqarishni modernizatsiya qilish va diversifikatsiyalashni ta'minlash chora-tadbirlari Dasturiga asosan 2017 yilda “O'zqurilishmateriallari” AJda 3 ta loyiha bo'yicha umumiy o'zlashtirish qiymati 23,7 mln. AQSh doll. miqdorida investitsiya o'zlashtirildi.

2016-2020 yillarda qurilish sanoatini yanada rivojlantirish bo'yicha chora-tadbirlar dasturiga muvofiq., O'zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni bilan tasdiqlangan 2016 yil 28 sentyabrdagi PQ-2615 bilan 2016-2020 yillarda qurilish sanoati mahsulotlarini ishlab chiqarish uchun 80 ta loyihalarni amalga oshirish ko’zda tutilgan. 2017 yilda 165,8 mln.AQSH doll. miqdorida mablag’lar o’zlashtirildi va 7 korxona ishga tushirildi.

O'tkazilgan texnik audit natijalariga asosan kompaniya korxonalari tomonidan 2017 yil uchun ma'naviy va jismonan eskirgan uskunalarni ishlab chiqarishdan chiqarish va yangilash bo'yicha loyihalarni amalga oshirish tarmoq jadvallari ishlab chiqildi. 2017 yilda umumiy qiymati 9,8 mln AQSH doll. ga teng 52 ta texnik uskuna yangilandi, prognoz 108,9%ga bajarildi

Tezkor ma'lumotlarga asosan 01.01.2018 yil holatiga ko'ra debitor qarzdorlik 287,5 mlrd. so'mni tashkil etdi (o'tgan yilning shu davri uchun 84,6%), muddati o'tgan qarzdorlik mavjud emas.

2018 yilning 1 yanvar holatiga ko'ra kreditor qarzdorlik 263,1 mlrd. so'mni tashkil etdi (o'tgan yilning shu davri uchun 88,3%), muddati o'tgan qarzdorlik mavjud emas.

Zarar bilan ishlovchi korxonalar mavjud emas.

Hisobot davri yakunlari bo'yicha “O'zqurilishmateriallari” AJ tarkibidagi korxonalarning aylanma mablag'lar yetarli.

2018 yilning 1 yanvar holatiga ko'ra korxona omborlaridagi tayyor mahsulotlar qoldig’i 21,3 mlrd. so'mni tashkil etadi. Normativdan ortiq qoldiq mavjud emas.

2017 yil uchun tsement ishlab chiqarish va iste’mol qilish balansi bo'yicha 2017 yilda 8925,1 ming tn. tsement ishlab chiqarildi, bu esa davr prognoziga nisbatan 105,9% ni tashkil etdi.

2017 yilgi natijalar bo'yicha birja orqali 5353,2 ming tonna sement bilan ta'minlandi, bu yerda prognoz ko'rsatkichlari 106,2 foizga bajarildi.

2017 yil yakuni holatiga Mahsulot tannarxi 109,5 mlrd. so'mga yoki 8,1%ga kamaydi, shu jumladan, energiya resurslarini tejash - 0,8%, xom-ashyo va materiallar uchun harajatlarni optimallashtirish - 2,7%, ekspluatatsiya harajatlari va ma'muriy-boshqaruv apparatini ta'minlash harajatlari - 3,4% boshqa harajatlar - 0,5% ga kamaydi.

2017 yil yakuni holatiga kichik biznes korxonalari va xususiy tadbirkorlar tomonidan 477,5 mlrd. so'm miqdorida sanoat mahsulotlari ishlab chiqarildi, ishlab chiqarilgan mahsulotlarning jami ishlab chiqarilgan tovar mahsulotlar hajmidagi salmoq o'lchovi 15,3%ni tashkil etdi.

Tasdiqlangan yangi ish o'rinlarini yaratish va kasanachilikni rivojlantirish manzilli dasturiga asosan amalda 1467 ta yangi ish o'rinlari tashkil etildi. yillik pragnoz bo’yicha 100,5 %ga bajarildi.


Файл
Yuklab olish
Hajmi: 201.54 KB


Мероприятия calendar icon

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech