• Главная
  • Faoliyat
  • Vakansiyalar
  • Uyushma ijro etuvchi apparatining Tashqi iqtisodiy faoliyat, eksportni rivojlantirish va logistika boshqarmasida bo‘sh (vakant) ish o‘rnlari bo‘yicha tanlov e’lon qiladi

Uyushma ijro etuvchi apparatining Tashqi iqtisodiy faoliyat, eksportni rivojlantirish va logistika boshqarmasida bo‘sh (vakant) ish o‘rnlari bo‘yicha tanlov e’lon qiladi

27 sentyabr 2024 y.    10:58

DIQQAT TANLOV!

“O‘zsanoatqurilishmateriallari” uyushmasi (bundan keyin matnda –Uyushma deb yuritiladi) bo‘sh (vakant) ish o‘rnlari bo‘yicha tanlov e’lon qiladi.

1. Bo‘sh (vakant) ish o‘rinlari bo‘yicha ma’lumotlar:
- “O‘zsanoatqurilishmateriallari” uyushmasi Tashqi iqtisodiy faoliyat, eksportni rivojlantirish va logistika boshqarmasida

  • Bosh mutaxassis 2 ta.

  - Innovatsion texnologiyalarni joriy qilish, yangi turdagi qurilish materiallari ishlab chiqarishni va sertifikatlashni tashkil etish bo‘limida

  • Bosh mutaxassis.
  • Investitsiya loyihalarini amalga oshirishga ko‘maklashish va hududiy investitsiya loyihalarini monitoring qilish xizmatida
  • Xizmat boshlig‘i.

2. Bosh mutaxassis ish o‘rnlariga qo‘yiladigan malaka talablari:
Bosh mutaxassis lavozimiga oliy iqtisodiy, moliyaviy, texnik maʼlumotga ega va davlat yoki xo‘jalik boshqaruvi organlarida, ish stajiga ega bo‘lgan (ayrim xolatlarda bilim va aqliy salohiyat inobatga olinadi) shaxs tayinlanishi mumkin.
3. Xizmat boshlig‘i ish o‘rniga qo‘yiladigan malaka talablari:
Xizmat boshlig‘i lavozimiga davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlarida kamida 2-yil ish stajiga ega oliy, texnik yoki iqtisodiy maʼlumotga ega shaxs tayinlanishi mumkin.    

Ushbu bo‘sh (vakant) lavozimlarga nomzodlar quyidagilarni:
O‘zbek, rus va ingliz tillarini (xitoy, turk tillarni bilish imtiyoz beradi);
Uyushma faoliyatiga, shu jumladan bo‘lim yo‘nalishiga aloqador qonunchilik va meʼyoriy-huquqiy hujjatlar;
Uyushmaning tizimi, tashkiliy tuzilmasi hamda vazifalari va funksiyalari;
mehnat qonunchiligi asoslari;
ish yuritishni tashkil etish bo‘yicha meʼyoriy hujjatlar va idora texnikalaridan to‘g‘ri foydalanish asoslari;
qonunchilikda belgilangan talablar darajasida shaxsiy kompyuterda qo‘llaniladigan asosiy dasturlarda ishlashni;
mehnatni muhofaza qilish, xavfsizlik choralari, ishlab chiqarish sanitariyasi va yong‘indan himoya qoidalari va meʼyorlarini bilishi lozim.

4. Xizmat boshlig‘i va Bosh mutaxassislarning lavozim majburiyatlariga quyidagilar kiradi:
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tegishli Farmonlari, qarorlari, farmoyishlari va bayon topshiriqlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasining bayon va boshqa topshiriqlari, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari, farmoyishlari va bayon topshiriqlari, shuningdek Uyushmaning vakolatli boshqaruv organlarining qarorlari va buyruqlari, bayon topshiriqlarining Boshqarma vakolatiga kiradigan masalalar bo‘yicha o‘z vaqtida, sifatli ijro etilish;
Uyushma rahbariyati topshirig‘iga muvofiq Boshqarma vakolatiga kiradigan masalalar bo‘yicha tashkilot va muassasalarda Uyushma manfaatlarini ifoda etish;
Uyushmaning tegishli bo‘linmalari bilan birgalikda Uyushmani rivojlantirishning qisqa va uzoq muddatli prognozlari uchun konsepsiyalar ishlab chiqishda ishtirok etish;
Uyushmaning tegishli bo‘linmalari bilan birgalikda Uyushmaning yillik prognoz ko‘rsatkichlarini ishlab chiqishda ishtirok etish;
Boshqarma faoliyati sohasiga kiruvchi masalalarni ko‘rib chiqishda tayyorlangan hujjatlar loyihalarini ishlab chiqish va imzolashda qonun hujjatlari talablariga qatʼiy rioya etilishini taʼminlash;
Uyushma faoliyatining aniq ustuvor yo‘nalishlaridan kelib chiqib, Boshqarmaning ish rejasi, xodimlarning shaxsiy ish rejalarining bajarilishini tashkil etish va taʼminlash;
Uyushma rahbariyati buyruqlariga ko‘ra xizmat safarlariga borish;
Boshqarmaning vazifa va majburiyatlariga taalluqli masalalar yuzasidan jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarining o‘z vaqtida va sifatli ko‘rib chiqilishini taʼminlash;
Uyushma rahbariyati topshiriqlariga muvofiq Boshqarma vazifalariga taalluqli masalalar bo‘yicha Uyushma ijro etuvchi apparatining tarkibiy bo‘linmalari va Uyushma tarkibiga kiruvchi korxonalar va tashkilotlar bilan o‘zaro hamkorlik qilish;
qonunchilik, normativ-huquqiy hujjatlar va uslubiy materiallar loyihalarining belgilangan tartibda ishlab chiqilishida ishtirok etish;
Uyushmaga aʼzo korxonalarining yuklarini tashish bilan bog‘liq transport-logistika tizimini takomillashtirishga ko‘maklashish;
logistika sohasida Uyushma tarkibiga kiruvchi korxonalar tomonidan yuk tashish bilan bog‘liq topshiriqlar ijrosini taʼminlash va monitoring qilish ishlarini tashkil etish.

5. Ish haqi:
Shtatlar jadvaliga asosan.

6. Tanlov o‘tkazish joyi va kunlari:
Tanlov Toshkent shahar, Yunusobod tumani, Shahrisabz ko‘chasi, 3-uy manzilida joylashgan binosining 4-qavatidagi kichik majlislar zalida 2024-yil 27-oktabr kuni, soat 15.00da o‘tkaziladi.

7. Tanlov tadbirlarida berilishi mumkin bo‘lgan savollarning namunaviy ro‘yxati:

  • Uyushma faoliyatiga, shu jumladan Boshqarma ish yo‘nalishiga aloqador qonunchilik va meʼyoriy-huquqiy hujjatlari bilan tanishmisiz?
  • O‘zbekiston Respublikasining makroiqtisodiy ko‘rsatkichlari va mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bilan bog‘liq muhim masalalarni to‘g‘risida gapirib bering?
  • Tashqi iqtisodiy faoliyat, eksportni rivojlantirish va logistika faoliyat yo‘nalishi bo‘yicha mahalliy va xorijiy tajribalar va yutuqlar bilan tanishmisiz?

4. Qurilish materiallari sanoati tarmog‘ining texnik, iqtisodiy va ijtimoiy rivojlanish istiqbollari to‘g‘risidagi fikrlaringiz qanday?
5. Iqtisodiyot asoslari to‘g‘risida gapirib bering?
6. Mehnat qonunchiligi asoslari nimalardan iborat?
7. Mehnatni muhofaza qilish, texnika va yong‘in xavfsizligi qoidalari va normalarini bilasizmi?
8. qurilish materiallari bozorining mahalliy ishlab chiqaruvchilarini qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha, shuningdek mahalliy va xorijiy ishtirokchilariga teng raqobat sharoitlarini yaratish bo‘yicha takliflar?
9. Qurilish materiallari sanoati sohasida mahsulotlar sifatini oshirish va ishlab chiqarishning energiyasamaradorligini ta’minlash bo‘yicha qanday takliflaringiz bor?
10. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 20-fevraldagi PQ-4198-sonli qarori bilan tanishmisiz, tanish bo‘lsangiz uning mazmuni nima haqida?
11. “O‘zsanoatqurilishmateriallari” uyushmasining asosiy vazifalari va faoliyat yo‘nalishlari nimalardan iborat?
12. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 23-maydagi PQ-4335-sonli qarori nima to‘g‘risida?
13. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 23-maydagi PQ-4335-sonli qarorida qanday maqsad va vazifalar belgilangan?
14. Boshqa savollar.

8. Nomzodlar Tanlov komissiyasiga quyidagi shakldagi ariza bilan yozma yoki elektron shaklda murojaat qilishlari mumkin:

Ishga qabul qilish bo‘yicha tanlovni o‘tkazishda Uyushmaga
nomzod tomonidan taqdim etiladigan arizaning
ShAKLI

 Tanlov komissiyasiga

1. Ariza beruvchi nomzodning F.I.O:
2. Yashash manzili (respublika, viloyat, shahar, tuman, qishloq, ovul, ko‘cha xonadon raqami) to‘liq ko‘rsatiladi):
3. JShIR raqami:
4. Pasport yoki ID-karta ma’lumotlari:
(seriyasi, raqami, kim tomonidan va qachon berilgan)
5. Bog‘lanish uchun telefon:
6. Ma’lumoti:
(umumiy o‘rta, o‘rta maxsus, professional va oliy)
7. Tugatgan ta’lim muassasasining nomi:
8. Diplom (shahodatnoma) bo‘yicha mutaxassisligi, uning seriyasi, raqami, berilgan sanasi va bergan ta’lim muassasasining nomi:
9. Malaka oshirganlik to‘g‘risidagi ma’lumotlar (qachon va qaysi tashkilot tomonidan berilgani, seriyasi va raqami, qaysi mavzu bo‘yicha malaka oshirganligi) (agar mavjud bo‘lsa):
10. Malaka toifasiga ega ekanligi to‘g‘risidagi ma’lumotlar (qachon va qaysi tashkilot tomonidan berilgani, seriyasi va raqami, qaysi ixtisoslik bo‘yicha toifa berilgani) (agar mavjud bo‘lsa):
11. Umumiy ish staji (agar mavjud bo‘lsa), shundan bo‘sh (vakant) ish o‘rni uchun talab etiladigan mutaxassislik bo‘yicha:
12. Ariza to‘ldirilgan sana:
13. Shaxsga doir ma’lumotlardan foydalanishga roziligi (ariza beruvchi shaxsning imzosi):

Murojaat uchun manzil: 100000, Тоshkent shahar, Yunusobod tumani, Shahrisabz ko'chasi, 3-uy.
Теlefonraqamlari:  (+998) 99 514 64 74

Veb-sayt: www.uzsm.uz. Elektron pochta: info@uzsm.uz. E-XAT: uzqm@exat.uz.

Rezyume jo’natish

Максимальный размер файла 3.00 MB

* To’ldirish majburiy bo’lgan katakchalar

Мероприятия calendar icon

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech