1,2 trln so‘mlik mahalliylashtirilgan mahsulotlar ishlab chiqarildi

News image

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Respublikada ishlab chiqarishni rivojlantirish va sanoat kooperatsiyasiini kengaytirishning samarali tizimini yaratish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 2022 yil 24 yanvardagi PQ-99-son qarori ijrosi bo‘yicha 13 ta korxonalar doirasida 980,6 mlrd so‘mlik mahalliylashtirilgan mahsulotlar ishlab chiqarish belgilangan bo‘lib, ushbu loyihalar bo‘yicha ishlab chiqilgan tarmoq jadvallariga asosan tizimli ravishda ishlar tashkil etilgan.

IMG_3202.jpg

Joriy yilning yanvar-oktabr oylarida 13 ta loyihalar bo‘yicha 1,2 trln so‘mlik mahalliylashtirilgan mahsulotlar ishlab chiqarilib, belgilangan reja 134,7 % ga bajarilgan.

2022 yil yakuni bilan mahalliylashtirish dasturi doirasida 1,4 trln so‘mlik mahsulotlar ishlab chiqarilib, rejani 143 foizga bajarilishi kutilmoqda.

“O‘zsanoatqurilishmateriallari” uyushmasiga mahalliy mahsulotlarni yetkazib berishda sanoat kooperatsiyasini kengaytirishga qaratilgan loyihalar ro‘yxatiga jami 18 ta butlovchi buyumlar va xom-ashyo materiallar kiritilgan bo‘lib, ularni ishlab chiqaruvchilari bilan doimiy aloqada tizimli ish olib borilmoqda.

Sanoat kooperatsiyasini kengaytirishga qaratilgan loyihalar doirasida (PQ-99-son qaror ijrosi) 18 turdagi maxsulotlar bo‘yicha 450,0 mlrd so‘mlik maxsulotlar sotib olindi va belgilangan reja 111,6 % ga bajarildi.

Manba: Matbuot xizmati

Мероприятия calendar icon

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech