14,1 mlrd so‘mlik 10 ta innovatsion loyiha ilmiy-texnikaviy kengashda ijobiy baholangan

News image

Bugun AOKAda "O‘zsanoatqurilishmateriallari" uyushmasi Axborot xizmati rahbari Jamshid Shermetov Qurilish materiallari sanoati ilmiy-texnikaviy kengashi faoliyati, sohada ilm-fan yutuqlarini joriy qilish va innovatsion qurilish materialari ishlab chiqarish bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar haqida ma’lumot berdi.

Ta’kidlanishicha, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 23 maydagi “Qurilish materiallari sanoatini jadal rivojlantirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-4335-son qaroriga muvofiq yangi turdagi innovatsion qurilish materiallari texnologiyalarini yaratishga qaratilgan Respublika ilmiy-texnik kengashi faoliyati muntazam yo‘lga qo‘yilgan hamda innovatsion loyihalarni bajarishga kirishilgan.

Ilmiy texnik kengash, 25 nafar, soxada chuqur bilim, malaka va ko‘nikmaga ega bo‘lgan fan doktorlari, fan nomzodlari, professorlar, shuningdek yetakchi ishlab chiqarish korxonalarining muxandis va texnologlaridan tashkil topgan.

2021 yil 15 noyayubr xolatiga ko‘ra 10 ta yo‘nalish bo‘yicha 50 ga yaqin innovatsion loyihalar Uyushma qoshidagi Ilmiy-texnikaviy kengashda ko‘rib chiqish uchun taqdim etilgan.

O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi tomonidan e’lon qilingan va o‘tkazilgan tanlov natijalariga ko‘ra umumiy moliyaviy hajmi 14,1 mlrd so‘mlik 10 ta innovatsion loyihalar (klinkerli sement, azbozuritdan asbest olish, zolobeton, yangi bog‘lovchilar olish texnologiyasi va sh.k.) ilmiy-texnikaviy kengashda ijobiy baholanib, moliyalashtirishga tavsiya etildi.

Yuqorida keltirilgan loyihalar orasidan “Mahalliy tabiiy va ikkilamchi resurslar asosida yuqori sifatga ega klinkerli sement ishlab chiqarish va olish” nomli innovatsion texnologiyani joriy etish orqali beton ishlab chiqarilishida yuqori samarador faol mineral qo‘shimchalardan (FMQ) foydalanish va sement sarfini tejash, mustahkamligini, kimyoviy va muz agressiyasiga chidamliligini oshirish, shu bilan birga superplastifikatorlar orqali beton qorishmasi harakatchanligini saqlagan holda suvga bo‘lgan ehtiyojini 20-30% kamaytirishiga erishiladi.

Shuningdek, “Azbozurit ichidan asbestni saralab olish texnologiyasi va uning iqtisodiy samaradorligi loyihasi” –mamlakatimizga kirib kelayotgan asbest miqdorini kamaytirish, shifer tannarxini pasaytirish, Oxangaron, Quvasoy, Bekobod va Angren zonasida to‘planib qolgan 2 million tonna miqdorda azbozurit chiqindisini qayta ishlab tonnasidan 10% gacha asbest xom ashyosini ajratib olish hamda dastlabki hisob kitoblar natijasida asbest importidan 40 mln. AQSH dollari miqdoridagi mablag‘ iqtisod qilinishiga imkon beradi.

Ilmiy texnik kengash va ilmiy-tadqiqot institutlari bilan hamkorlikda qurilish materiallarining yangi turlarini yaratish bo‘yicha dolzarb yo‘nalishlarda ilmiy-tadqiqot ishlari olib bormoqda.

Ushbu innovatsion loyihalarni qurilish materiallari sanoatiga tadbiq etish natijasida bugungi kunda talab etilayotgan sifatli qurilish materiallarini ishlab chiqarish turlarini kengaytiriladi, ichki bozorni import o‘rnini bosuvchi va raqobatbardosh qurilish materiallari hamda mahalliy ishlab chiqarilgan buyumlar bilan to‘ldiriladi.


Manba: Matbuot xizmati

Мероприятия calendar icon

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech