2022 yilda 27,6 trln so‘mlik qurilish materiallari ishlab chiqariladi

News image

Bugun AOKAda “O‘zsanoatqurilishmateriallari” uyushmasi Axborot xizmati rahbari Jamshid Shermetov Qurilish materiallari sohasida 2022 yilda sohada amalga oshiriladigan ishlar xususida haqida ma’lumot berdi.

Ta’kidlanishicha, 2021 yilda 24,2 trln so‘mlik mahsulotlar ishlab chiqarildi. Jumladan, yil yakuni bo‘yicha 28 mln kvadrat metr – qurilish oynasi, 15,4 mln tonna – sement, 22 mln kvadrat metr – keramik plitka, 2,6 mln. o‘ram – gulqog‘oz, 68 mln. kvadrat metr – gipsokarton kabi mahsulotlar ishlab chiqarilishi ta’minlandi. E’tiborlisi, soha bo‘yicha 400 mln dollarlik eksport amalga oshirildi. Mahalliylashtirish dasturiga ko‘ra 17 ta mahsulot turlari bo‘yicha 1,2 trln so‘mlik mahsulot ishlab chiqarildi.

Hisob kitoblarga ko‘ra, joriy 2022 yilda qurilish materiallari ishlab chiqarish hajmini soha bo‘yicha 27,6 trln so‘mga, shu jumladan Uyushma bo‘yicha 10,5 trln so‘mga yetkazish va 110 foizga o‘sishni ta’minlash rejalashtirilgan.

Jumladan, joriy yilda 17,6 mln tonna sement, 32 mln kv metr qurilish oynasi, 24 mln kv metr keramik plitka, 73 mln kv metr gipsokarton, 3 mln o‘ram gulqog‘oz kabi mahsulotlar ishlab chiqariladi.

Mahalliylashtirish dasturi doirasida 2022 yilda umumiy qiymati 950 mlrd so‘mlik 17 ta loyiha bo‘yicha qurilish materiallari ishlab chiqarish va shuning hisobiga import hajmi 86 mln dollarga qisqartirish rejalashtirilgan.

Xususan, 207,6 mlrd so‘mlik keramik plita va keramogranit, 208 mlrd so‘mlik bezakli va float-oyna, 93,4 mlrd so‘mlik gulqog‘oz, 60 mlrd so‘mlik gazobeton bloklari, 15,6 mlrd so‘mlik sanitar-texnik buyumlar va shu kabi boshqa turdagi qurilish materiallari ishlab chiqarishni ta’minlash ko‘zda tutilmoqda. Shuningdek, import hajmini o‘tgan yilga nisbatan 20 foizga yoki 200 mln dollarga pasaytirish maqsad qilingan.

Eng muhimi, 2022 yilda investitsiya yo‘nalishi bo‘yicha ham izchil ishlar amalga oshiriladi. Xususan, tarmoq bo‘yicha jami 1 mlrd 400 mln dollarlik, shu jumladan 1 mlrd 160 mln dollarlik to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalarni o‘zlashtirish rejalashtirilmoqda. Shundan, Uyushma bo‘yicha Investitsiya dasturiga asosan 369,4 mln dollarlik 12 ta loyini ishga tushirish va 1035 ta yangi ish o‘rinlari tashkil etish ko‘zda tutilgan. Natijada, 1,8 mln tonna sement klinkeri, 29 mln kv metr keramik plitka, 1,1 mln tonna sement, 850 ming kub metr gazobeton bloklari, 300 ming kv metr marmar kompozit plitalar, 3,5 ming tonna burama mixlar, 50 ming tonna temir-beton buyumlari va asfalt, 2,8 mln kv metr keramik plitka va frizlar ishlab chiqarish bo‘yicha quvvatlar yaratiladi.

Jumladan, “Qizilqumsement” AJda sement klinkeri, “Karakalpaksement” MCHJda sement, "Akfa Building Materials" MCHJ va "Yevraziya Gaz Beton " MCHJlarda gazobeton bloklari, "Raych Rav " MCHJda keramik plita va frizlar, "Chirchiq Asfalt Beton Servis" MCHJda temir-beton va asfalt, "Gazgan Marble Grupp" MCHJda marmar jinslaridan kompozit materiallar ishlab chiqarish kabi loyihalar ishga tushiriladi.

Shu bilan birga 2022 yilda 600 mln dollarlik, jumladan, 461 ming tonna sement (20 mln dollar), 80 mln dollarlik PVX profil, truba va plastmassa mahsulotlar, 30 mln dollarlik Quruq qurilish qorishmalari va sement mahsulotlari, 15 mln dollarlik qurilish xizmatlari va boshqa turdagi qurilish materiallari eksporti amalga oshiriladi.

Manba: Matbuot xizmati

Мероприятия calendar icon

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech