2026 yilga borib tarmoq bo‘yicha mahsulotlar ishlab chiqarish hajmini 42,3 trln so‘mga yetkaziladi

News image

Qurilish materiallari tarmog‘ini yanada takomillashtirish, sohaga xorijiy investorlarni keng jalb qilish, eksport ko‘rsatkichlarini oshirish hamda yangi sanoat korxonalarini tashkil etish maqsadida 2022-2026 yillarda qurilish materiallari sanoatini rivojlantirish dasturi ishlab chiqildi.

Unga ko‘ra 2026 yilga borib tarmoq bo‘yicha mahsulotlar ishlab chiqarish hajmini 42,3 trln so‘mga yetkazish va bunda yuqori qo‘shilgan qiymatli mahsulotlarning ulushini 2016 yildagi 32,3 foizdan 53 foizgacha yetkazish belgilangan.

1.jpg

Natijada, asosiy turdagi qurilish materiallariga bo‘lgan talab mahalliy ishlab chiqaruvchilar tomonidan to‘liq qoplanadi. Jumladan, gazobeton, issiqlik saqlovchi izolyatsiya materiallari, qurilish oynasi, sement kabi mahsulotlar bo‘yicha ichki talab qoplanib, mahsulotlarning bir qismi xorijga eksportga yo‘naltiriladi.

Shuningdek, dasturga ko‘ra 2026 yilga borib qurilish materiallarining eksporti 1,084 mlrd dollarga yoki 2021 yilga nisbatan 2,5 baravarga oshiriladi. Asosiy turdagi qurilish materiallarining importi 2020 yilga nisbatan 60 foizga kamayib 2026 yilda 185,6 mln dollarni tashkil etadi.

2.jpg

Tarmoqni rivojlantirishga 2 mlrd dollarlik invenstitsiyalar jalb qilinadi.

Yangi investitsiya modelini amalga oshirish natijasida 2021-2025 yillarda 4,5 mln kub metr gazbeton bloklari, gipskarton listlari – 85 mln kv metr, temir-beton mahsulotlari – 8,6 mln kub metr, keramogranit – 4,5 mln kv metr, tabiiy pardozbop tosh (marmar, granit va boshqa) mahsulotlari – 1,9 mln kv metr kabi yangi ishlab chiqarish quvvatlari yaratiladi va 19,5 mingta yangi ish o‘rinlari tashkil etiladi.

3.jpg

Ushbu davrda mahalliylashtirilgan qurilish materiallari ishlab chiqarish hajmi joriy yildagidan 1,7 baravarga oshirilib 1,55 trln so‘mga yetkaziladi.

2022-2026 yillarda 7 turdagi yangi innovatsion qurilish materiallarini ishlab chiqarish o‘zlashtiriladi.

Manba: Matbuot xizmati
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech