238,5 mln dollarlik 5 ta loyiha amalga oshirilgan

News image

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-2020 yillarda Rossiya Federatsiyasi, Xitoy, Turkiya, Hindiston, Germaniya, Fransiya, Belarussiya va Janubiy Koreya davlatlariga davlat tashrifi doirasida zamonaviy import o‘rnini bosuvchi qurilish materiallarini ishlab chiqarish uchun horijiy investitsiyalarni jalb qilish maqsadida ilg‘or horijiy kompaniyalar bilan umumiy qiymati 2 mlrd 295,3 mln dollarlik 44 ta Memorandum va Kelishuvlar imzolandi.

Eksport va investitsiyalarni rivojlantirish masalalari bo‘yicha Hukumat komissiyasining Bayonlari bilan amalga oshirilgan loyihalar nazoratdan chiqarilib yagona “Yo‘l xaritalari” tasdiqlangan unga ko‘ra “O‘zsanoatqurilishmateriallari” uyushmasiga 1 mlrd 191,8 mln dollarlik 25 ta loyihalar nazorati yuklatilgan. Shulardan bugungi kunga kelib 238,5 mln dollarlik 5 ta loyiha amalga oshirildi. 2021 yilda 10 ta, 2022-2023-yillarda esa yana shuncha yangi quvvatlar ishga tushirilishi ko‘zda tutilgan.

Yirik loyihalar sirasiga “Ohangaronsement” AJda (“Yevrosementgrup”) hamda “Anxuy Konch Sement” kompaniyalari tomonidan sement, “Knauf Gips Fergana” MCHJ QK tomonidan gipsokarton ishlab chiqarish loyihasi kabilar kiradi.

Ushbu loyihalarni amalga oshirish natijasida import o‘rnini bosuvchi eksportga yo‘naltirilgan zamonaviy qurilish materiallarini ishlab chiqaruvchi yangi quvvatlar ishga tushiriladi. Xususan, arxitektura oynasi (60 mln kv m), «sendvich» panellar (750 ming kv m), oboy (8 mln kv m), granit va marmardan ishlangan buyumlar (580 ming kv m), sement (4,4 mln tonna), santexkeramika buyumlari (200 ming dona) ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yiladi.

Manba: Matbuot xizmati

Мероприятия calendar icon

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech