24,7 mln metr kvadrat keramik plitkalar ishlab chiqarildi

News image

Hozirgi kunda mamlakatimizda ishlab chiqarilgan mahalliy keramik plitkalari dunyoda o‘z o‘rniga ega. Boisi, ushbu mahsulotlarga nafaqat mahalliy balki, jahon bozorida talab o‘sib bormoqda. Shu bois korxonalar tomonidan yangi texnologiyalar o‘rnatilib, ishlab chiqarish hajmi kengaytirilyapti.

IMG_4174.jpg

Tahlillarga ko‘ra, yanvar-sentyabr oylarida respublikada mavjud sanoat korxonalarida jami 24 mln 720 ming metr kvadrat keramik plitkalar ishlab chiqarilgan. E’tiborlisi, uyushmaga a’zo korxonalar tomonidan 12 mln 141 ming metr kvadrat mahsulot tayyorlangan. Eng ko‘p mahsulot Sirdaryo viloyatida joylashgan "Sirdarya Ceramic Production" MCHJ QK tomonidan tayyorlangan. Hisobot davrida korxonada 6,920 mln metr kvadrat mahsulot ishlab chiqarilgan.Farg‘ona viloyatida joylashgan “MODERNA CERAMIC INDUSTRIES FERGHANA” MCHJ HKda esa o‘tgan davra mobaynida 5 mln 204 ming metr kvadrat mahsulot ishlab chiqarilgan. Samarqand viloyatida faoliyat olib borayotgan eksportyor korxonalardan biri “Prime ceramics” MCHJda shu kungchacha 2,048 mln metr kvadrat keramik plitkalar mijozlarga yetkazilgan. Shuningdek, "NATIONAL CERAMICS" MCHJ QK (3,2 mln metr kvadrat), “Great wall ceramic industries” MCHJ (1,3 mln metr kvadrat), “Orient-ceramic” MCHJ (1,3 mln metr kvadrat), “Lyux Granit” MCHJ (1,2 mln metr kvadrat), "Nodir Keramiks" XK (826 ming metr kvadrat), "PENG SHENG" MCHJ QK (1,3 mln metr kvadrat), "Flet Tayl" MCHJ (1,1 mln metr kvadrat) kabi korxonalar tomonidan mahalliy keramik plitkalar xaridorlarga yetkazilgan.

IMG_4348.jpg

E’tiborlisi, yanvar-sentyabr oylarida korxonalar tomonidan 35,4 mln dollarlik keramik plitkalar eksport qilingan. Bu borada “Prime ceramics” MCHJ, “Orient-ceramic” MCHJ va “Moderna ceramic industries Fergana” MCHJ larida ko‘rsatkichlar yuqori hisoblanadi. Milliy mahsulotlarimizni eksport qilishda Qozog‘iston Respublikasi peshqadam hisoblanadi.

Manba: Matbuot xizmati

Мероприятия calendar icon

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech