4 trln 348,9 mlrd so‘mlik sanoat mahsulotlari ishlab chiqarilgan

News image

2021 yilning I yarim yilligida “O‘zsanoatqurilishmateriallari” uyushmasi tarkibidagi korxonalar tomonidan jami 4 trln 348,9 mlrd so‘mlik sanoat mahsulotlari ishlab chiqarilib, o‘tgan yilning mos davriga nisbatan o‘sish 121,9 foizni tashkil etdi. Shundan uyushma tarkibidagi yirik sanoat korxonalari tomonidan 3 186 mlrd so‘mlik mahsulotlar ishlab chiqarilib, o‘sish o‘tgan yilga nisbatan 125 foizni hamda uyushma tarkibidagi kichik biznes korxonalari tomonidan 1 162,9 mlrd so‘mlik mahsulotlar ishlab chiqarildi va o‘sish 114,1 foizni tashkil etdi. Shuningdek, ushbu davrda 196,2 mlrd so‘mlik iste’mol tovarlari ishlab chiqarildi (o‘sish 100,1 %).

1.jpg

Jumladan, 4 978,8 ming tonna sement (o‘tgan yilga nisbatan 120,7 %), qurilish oynasi – 9,77 mln kv.m 2-mm o‘lchamda (87,6 %), keramik plitka – 8,07 mln kv m (1,9 baravar), gipsokarton – 19,3 mln kv m (110,7 %), quruq qurilish aralashmalari – 74,6 ming tonna (134,6 %), oboy – 937 ming o‘ram (133,8 %), ohak – 62,9 ming tonna (2,4 baravar), gips – 84,6 ming tonna (120,6 %) kabi qurilish materiallari ishlab chiqarilgan.

Shuningdek, pardozbop keramik plitka, santexkeramika mahsulotlari, keramogranit, bazalt armaturasi, oboy (gulqog‘oz) o‘zlashtirish yo‘lga qo‘yildi.

2.jpg

Manba: Matbuot xizmati

Мероприятия calendar icon

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech