“ARTON” gazobeton ishlab chiqaruvchi eng zamonaviy kompaniya

News image

Butun dunyoda qurilish jarayonida so‘nggi yillarda energiya tejamkor, innovatsion qurilish materiallaridan foydalanishga alohida e’tibor berib kelinmoqda. Bu esa bino-inshootning tannarxini arzon bo‘lishi va qurilish ishlarini tez fursatda, sifatli amalga oshirishda muhim omil bo‘lib xizmat qilmoqda. Rivojlangan davlatlarda g‘isht o‘rniga energiya tejamkor gazobetondan foydalanish keng ommalashgan bo‘lib, mamlakatimizda ham ushbu qurilish materiallarini ishlab chiqarishni keng yo‘lga qo‘yish, bu yo‘nalishda jahon tajribasini qo‘llashga alohida e’tibor berib kelinmoqda. Xususan, “O‘zsanoatqurilishmateriallari” uyushmasi tomonidan gazobeton ishlab chiqarish bo‘yicha bir qator investitsiya loyihalari amalga oshirilmoqda. Natijada yangi korxonalar faoliyati yo‘lga qo‘yilyapti.

photo_2022-12-05_11-21-18 (2).jpg

Xususan, 2021 yilda “O‘zsanoatqurilishmateriallari” va “O‘zcharmsanoat” uyushmalari hamkorligida Toshkent viloyatida avtoklav usulda gazobeton ishlab chiqaruvchi eng yirik korxona foydalanishga topshirildi. "East Manning Invest" MCHJ QK tomonidan yillik quvvati 500 ming kub metr bo‘lgan investitsiya loyihasi amalga oshirildi. Loyiha qiymati 22 mln dollar bo‘lib, bu yerda 100 dan ortiq yangi ish o‘rinlari yaratildi.

Korxonada Germaniyaning “Wehrhahn GmbH” kompaniyasining so‘nggi rusumdagi, energiya tejamkor uskunalari o‘rnatilgan. Ishlab chiqarish to‘liq avtomatlashtirilgan bo‘lib, mahsulot tayyorlash uchun xorijiy va mahalliy yetuk mutaxassislar jalb etilgan.

photo_2022-12-05_11-21-18.jpg

Ma’lumotlarga ko‘ra, axolini gazobetonga bo‘lgan talabini qoplash maqsadida Andijon, Xorazm va Navoiy viloyatlarida ham innovatsion korxona barpo etish rejalashtirilgan. Kelgusida tayyor mahsulotning 30 foizini qo‘shni davlatlarga eksport qilish rejalashtirilgan.

photo_2022-12-05_11-21-19.jpg

Ma’lumot uchun, Gazobeton – g‘ovak (teshik-teshik) betonning bir turi bo‘lib, zamonaviy qurilish materiali. Uni ba’zan “sun’iy tosh” deb ham atashadi. Oddiy betondan farqi – tarkibida 1-3 millimetrli pufaklar mavjud bo‘lib, ular tufayli beton yengil, yetarli darajada mustahkam, issiq va sovuqdan yaxshi himoyalash xususiyatlariga ega bo‘ladi. Shuningdek, tabiiy gazni 8 marta kam sarflashi, energiya tejamkorligi va eng asosiysi, unumdor tuproqning ishlatilmasligi bilan pishiq g‘ishtdan bir necha marotaba afzalligi bilan ajralib turadi.1 metr kub metr g‘isht 1800-2000 kg og‘irlikka ega bo‘lsa, shu hajmdagi gazobetonning og‘irligi atigi 500-700 kg ni tashkil etadi.

Manba: Matbuot xizmati

Мероприятия calendar icon

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech