Birja savdolarida sement narxlarida pasayish davom etmoqda

News image

O‘tgan hafta davomida, ya’ni 26 aprel – 2 may kunlari "O‘zbekiston respublika tovar-xom ashyo birjasi" AJ ning barcha savdo platformalarida 1 817,4 mlrd so‘mlik tovarlar sotilgan bo‘lib, bu avvalgi haftaga nisbatan 10,7% ga ko‘pdir. Bunda sotuvlarning 85,2% - birja savdolari, 2,7% - ko‘rgazma-yarmarka savdolari, 11,8% - elektron davlat xaridlari va 0,3% - avtoraqamlarning onlayn-auksioniga to‘g‘ri keldi.

Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub’ektlari ishtirokida tuzilgan bitimlarning umumiy hajmi 770,5 mlrd so‘mni tashkil qildi. Davlat xaridlari tizimlarida o‘tkazilgan elektron savdolar natijasida budjet va korporativ buyurtmachilarining qariyb 35,5 mlrd so‘mlik mablag‘lari tejaldi.

Birjaning sement bozorida ham narxlarning pasayishi davom etmoqda. O‘tgan hafta mobaynida birja savdolariga 258 535,0 tonna sement qo‘yildi va ulardan 225 981,0 tonnasi, ya’ni 87,4% sotildi. O‘rtacha kunlik sotuv hajmlari 45,2 ming tonnani tashkil qildi.

Ko‘rib chiqilayotgan davrda sementning barcha kategoriyasi bo‘yicha shakllangan kunlik o‘rtacha narxlar mahsulotning bir tonnasi uchun 575,4 ming so‘mdan 569,8 ming so‘mgacha, ya’ni 1,0% ga pasaydi.

Manba: "O‘zRTXB" AJ PR bo‘limi

Мероприятия calendar icon

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech