Birja savdolarida sementning bir tonnasi o‘rtacha 557,2 ming so‘mgacha sotildi

News image

O‘tgan hafta davomida, ya’ni 24 – 30 may kunlari "O‘zbekiston respublika tovar-xom ashyo birjasi" AJning barcha savdo platformalarida 1 895,4 mlrd so‘mlik tovarlar sotilgan bo‘lib, bu avvalgi haftaga nisbatan 3,1% ga ko‘pdir. Bunda sotuvlarning 87,7% - birja savdolari; 1,5% - ko‘rgazma-yarmarka savdolari; 10,5% - elektron davlat xaridlari va 0,3% - avtoraqamlarning onlayn-auksioniga to‘g‘ri keldi.

Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub’ektlari ishtirokida tuzilgan bitimlarning umumiy hajmi 526,6 mlrd so‘mni tashkil qildi. Davlat xaridlari tizimlarida o‘tkazilgan elektron savdolar natijasida budjet va korporativ buyurtmachilarining qariyb 35,1 mlrd so‘mlik mablag‘lari tejaldi.

Birjaning sement bozorida ichki talabning o‘sishiga qaramasdan narxlar pasayshni davom etmoqda. O‘tgan hafta mobaynida birja savdolariga 280 506,0 tonna sement qo‘yildi va ulardan 197 471,0 tonnasi, ya’ni 70,4% sotildi. O‘rtacha kunlik sotuv hajmlari 39,5 ming tonnani tashkil qildi.

Ko‘rib chiqilayotgan davrda sementning barcha markalari bo‘yicha shakllangan kunlik o‘rtacha narxlar mahsulotning bir tonnasi uchun 573,7 ming so‘mdan 557,2 ming so‘mgacha, ya’ni 3% ga pasaydi.

Manba: "O‘zRTXB" AJ PR bo‘limi

Мероприятия calendar icon

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech