Brifing: Joriy yilda 52 trln so‘mlik qurilish materiallari ishlab chiqariladi

News image

Bugun brifingda “O‘zsanoatqurilishmateriallari” uyushmasi Axborot xizmati rahbari Jamshid Shermetov “Qurilish materiallari sanoatida ishlab chiqarish va narx tahliliga” haqida ma’lumot berdi.

Ta’kidlanishicha, 2025-yilda sohada 52 trln so‘mlik qurilish materiallari ishlab chiqarish rejalashtirilgan. Natijada 2024-yilga nisbatan 115 foiz o‘sishga erishiladi. 2025-yilda mahalliylashtirish dasturi doirasida jami 4,4 trln so‘mlik mahsulotlar ishlab chiqarilib, belgilangan rejani 125 foizga bajarilishi ta’minlanadi.

Olingan tezkor ma’lumotlarga ko‘ra, Uyushma korxonalari tomonidan yanvar-sentyabr oylarida 30 mln kv m - qurilish oynasi, 59,5 mln kv m - gipsokarton, 11 mln tn - sement, 5 ming tonna gulqog‘oz, 21,5 mln kv m - keramik plitka kabi qurilish materiallari ishlab chiqarilgan.

Hozirda Respublikada 42 ta sement zavodlari mavjud bo‘lib, ularning yillik quvvati 40 mln tonnani tashkil etadi. Yil boshidan buyon Respublikadagi mavjud korxonalar tomonidan 11 mln tonna M-400 va M-500 marka portland sement ishlab chiqariladi. O‘tgan hisobot davrida birjada bir tonna portland sementning o‘rtacha narxi 560 ming so‘mni tashkil etib, o‘tgan yilga nisbatan 6 foizga qimmatlashdi.

Respublikada keramik plitka ishlab chiqaruvchi 46 ta korxona mavjud bo‘lib, ularning yillik quvvati 73 mln metr kv. O‘tgan 9 oyda eng ko‘p keramik plitka "Sirdarya Ceramic Production" MCHJ QK tomonidan ishlab chiqarilgan.

Ishlab chiqarish hajmining yuqori o‘sishi qurilish oynasida kuzatildi. Ayni paytda mamlakatimizda 28 ta gipsokarton ishlab chiqarishga ixtisoslashgan korxona mavjud bo‘lib, ularning yillik quvvati 165 mln kv.metrni tashkil etadi. Hozirda 1 dona gipsokarton listining o‘rtacha narxi 47 ming so‘mdan sotilmoqda.

Yana bir ma’lumot, ayni paytda Respublikada 300 dan ortiq temir-beton ishlab chiqaruvchi korxonalari faoliyat ko‘rsatmoqda. Chaqiq toshlar bo‘lgan quyma va temir-betonlar va qum-shag‘allarda narxida biroz o‘sish kuzatildi. Xususan, bugungi kunda qumning narxi hozirda 150 ming so‘mni, chaqiq tosh narxi esa 80 ming so‘mni tashkil etmoqda.

Manba: Axborot xizmati
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech