Diqqat e’lon! Ma'naviy-ma'rifiy tadbir

News image

DIQQAT E’LON!

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 28 yanvardagi PF-60-son “2022-2026 yillarga mo‘ljallangan yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi to‘g‘risida”gi Farmoniga ko‘ra, ma’naviy taraqqiyotni ta’minlash va sohani yangi bosqichga olib chiqish, Davlat rahbari raisligida 2021 yil 19 yanvar kuni ma’naviy-ma’rifiy ishlar tizini tubdan takomillashtirish, bu borada davlat va jamoat tashkilotlarining hamkorligini kuchaytirish masalalari bo‘yicha videoselektor yig‘ilishidagi “Jamiyat hayotining tanasi iqtisodiyot bo‘lsa, uning joni va ruhi ma’naviyatdir” tamoyili asosida kuchli iqtisodiyot va kuchli ma’naviyat uyg‘unligini ta’minlashga qaratilgan tegishli topshiriqlari;

O‘zbekiston Respublikasining “Davlat tili haqida”gi Qonuni;

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021 yil 10 fevraldagi 61-sonli “Lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosiga bosqichma-bosqich to‘liq o‘tishni ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorining “O‘zsanoatqurilishmateriallari” uyushmasi tizimidagi ijrosi ijrosi doirasida, 2022 yil 29 iyun kuni soat 17.00da Toshkent shahar, Yakkasaroy tumani, Tafakkur ko‘chasi, 68a-uy manzilidagi “O‘zsanatqurilishmateriallari” uyushmasi idora binosining 5 qavatidagi majlislar zalida, Uyushma ijro etuvchi apparati, “O‘zqurilishmaterialLITI” MCHJ ilmiy-tadqiqot va injiniring markazi, “Tog‘-geologiya jamlama ekspeditsiyasi”, “O‘zbuildinvest” MCHJ xodimlari ishtirokida ma’naviy-ma’rifiy tadbir o‘tkaziladi.

Barcha xodimlardan mazkur ma’naviy-ma’rifiy tadbirda faol ishtirok etishlarini so‘raymiz.

Manba: Matbuot xizmati

Мероприятия calendar icon

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech