Farg‘ona viloyatida joriy yilda 3,5 trln. so‘mlik qurilish materiallari ishlab chiqariladi

News image

Farg‘ona viloyatida joriy yilda mavjud ishlab chiqarish quvvatlarining oshirilishi, yangi investitsiya loyihalarining ishga tushirilishi natijasida qurilish materiallari ishlab chiqarish salohiyati 1,5 barobar oshirilib 3,5 trln. so‘mga yetkazilishi, jumladan, 2,2 mln. tonna sement, 22,2 mln. kv. metr qurilish oynasi, 1,5 mln. kv. metr keramik plitka, 45 mln. kv. metr gipsokarton kabi qurilish materiallari ishlab chiqarish rejalashtirilgan.

Jumladan, “Farg‘ona Yasin Qurilish” MCHJda 1,2 mln tonna sement, “Knauf Gips Fergana” MCHJda 15 mln. kv. metr gipsokarton, “Shaffof Sement Sanoat” MCHJda 200 ming tonna sement, "BNBM Building Materials Sentral Asia" XK MCHJda 30 mln. kv. metr gipsokarton, "Golden valley fasteners" MCHJda 7 ming tonna burama mix, "TSEMENT TEXNO SERVIS" MCHJda 1,5 mln. kv. metr keramik plitalar kabi qurilish materiallari ishlab chiqarish quvvatlari yaratiladi.

IMG_4202.jpg

Shuningdek, viloyatdagi 10 ta yirik sement ishlab chiqaruvchi korxonalar tomonidan 2021 yilda 1,7 mln. tonna sement ishlab chiqarilgan bo‘lsa, 2022 yilda yangi 2 ta loyihalarni (“Farg‘ona Yasin Qurilish” MCHJ, “Shaffof Sement Sanoat” MCHJ) ishga tushirilishi natijasida sement ishlab chiqarish hajmi 2,2 mln. tonnaga yetkazilishi yoki 1,3 barobarga o‘sishi rejalashtirilgan.

Manba: Matbuot xizmati

Мероприятия calendar icon

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech