Farg‘ona viloyatida umumiy qiymati 238,3 mln. dollar bo‘lgan loyihalar amalga oshiriladi

News image

“O‘zsanoatqurilishmateriallari” uyushmasi va Farg‘ona viloyati hokimligi hamkorligida qurilish materiallari tarmog‘ini rivojlantirish bo‘yicha bir qator ishlar amalga oshirilmoqda. Xususan, xorijiy investorlar ishtirokida yirik loyihalari amalga oshirilmoqda, yangi quvvatlar ishga tushurilyapti. Natijada, hududda ishlab chiqarish hajmi ortmoqda, yangi ish o‘rinlari yaratilmoqda.

Tahlillarga ko‘ra, viloyatda qurilish materiallari sanoati sohasida faoliyat yuritayotgan korxonalar tomonidan 2021 yilda 2,6 trln.so‘mlik mahsulotlar ishlab chiqarilgan. Jumladan, korxonalar tomonidan 2021 yilda 1,7 mln. tonna sement, 19 mln. kv. metr qurilish oynasi, 12,1 mln. kv. metr keramik plitkalar, 13,6 mln. tonna quruq qurilish qorishmalari, 8,7 mln. kv. metr gipsokarton kabi qurilish materiallari ishlab chiqarildi.

111.jpg

2021-2023 yillarda qurilish materiallari ishlab chiqarish maqsadida tijorat banklar bilan birga qiymati 630,1 mln.dollar bo‘lgan 172 ta loyihalar shakllantirilgan bo‘lib, ushbu loyihalar amalga oshirilishi natijasida 7 175 ta yangi ish o‘rinlari yaratilishi rejalashtirilgan. Bugunga qadar 16 ta loyihaga 42,7 mln.dollar kredit mablag‘lari ajratib berilgan.Shundan, joriy yilda qiymati 238,3 mln. dollar bo‘lgan 79 ta loyihalar amalga oshirilishi natijasida 2 760 ta yangi ish o‘rinlari yaratilishi rejalashtirilgan.

Qurilish materiallari eksporti 2021 yil tahlili asosida Respublika bo‘yicha jami qiymati 438 mln. dollar va Farg‘ona viloyati bo‘yicha esa jami qiymati 18,8 mln. dollarni tashkil etdi. O‘tgan yilda viloyatdan 6,1 mln dollar - keramika mahsulotlari, 5 mln dollar - sement va bog‘lovchi mahsulotlardan materiallar,3,2 mln dollar - oyna va oyna mahsulotlari, 3 mln dollar - PVX quvurlar, profil va plastmassa buyumlar, 720 ming dollar - metall buyumlar, 410,3 ming dollar - gulqog‘oz va boshqa buyumlar qo‘shni davlatlarga yetkazib berilgan.

222.jpg

Shuningdek, joriy yil yanvar-mart oylarida viloyatda qiymati 7,2 mln. dollarlik qurilish materiallari eksport qilingan. Hududdan asosan oyna va oyna mahsulotlari (1,7 mln.dollar), keramika mahsulotlari (1,1 mln.dollar), sement va bog‘lovchi mahsulotlardan materiallar (79,2 ming dollar), PVX truba fitinglar, profillar va plastmassa buyumlar (496,2 ming dollar); gulqog‘oz va boshqa buyumlar (450,7 ming dollar), metall buyumlar (393 ming dollar) qo‘shni davlatlarga yetkazilgan.

Manba: Matbuot xizmati

Мероприятия calendar icon

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech