FOTO SAYOHAT: “ARTON” Respublikadagi eng yirik gazobeton ishlab chiqaruvchi korxona

News image

Toshkent viloyatida joylashgan Respublikada avtoklav usulda gazobeton ishlab chiqaruvchi eng yirik korxona "East Manning Invest" MCHJ QK ikkinchi bosqichda faoliyatini boshlash arafasida. Korxona ishlab chiqarish quvvatlarini yanada oshirish maqsadida Germaniyaning “Wehrhahn GmbH” kompaniyasidan so‘nggi rusumdagi, energiya tejamkor avtoklav pechlarini olib keldi. Hozirda uskunalarni o‘rnatish ishlari yakunlanmoqda. Ushbu loyiha amalga oshirilishi natijasida kunlik ishlab chiqarish hajmi 1,5 ming metr kubga yetkaziladi.

Ma’lumki, "East Manning Invest" MCHJ QK 2021 yilda “O‘zsanoatqurilishmateriallari” va “O‘zcharmsanoat” uyushmalari hamkorligida amalga oshirilgan investitsiya dasturi doirasida Toshkent viloyatida o‘z faoliyatini boshlagan. Loyiha qiymati 22 mln dollar bo‘lib, bu yerda 100 dan ortiq yangi ish o‘rinlari yaratilgan. Korxonada Germaniyaning “Wehrhahn GmbH” kompaniyasining so‘nggi rusumdagi, energiya tejamkor uskunalari o‘rnatilgan. Ishlab chiqarish to‘liq avtomatlashtirilgan bo‘lib, mahsulot tayyorlash uchun xorijiy va mahalliy yetuk mutaxassislar jalb etilgan.

Ma’lumotlarga ko‘ra, axolini gazobetonga bo‘lgan talabini qoplash maqsadida “ARTON” kompaniyasi tomonidan Andijon, Xorazm va Navoiy viloyatlarida ham innovatsion korxona barpo etish rejalashtirilgan.

Ma’lumot uchun, Gazobeton – g‘ovak (teshik-teshik) betonning bir turi bo‘lib, zamonaviy qurilish materiali. Uni ba’zan “sun’iy tosh” deb ham atashadi. Oddiy betondan farqi – tarkibida 1-3 millimetrli pufaklar mavjud bo‘lib, ular tufayli beton yengil, yetarli darajada mustahkam, issiq va sovuqdan yaxshi himoyalash xususiyatlariga ega bo‘ladi. Shuningdek, tabiiy gazni 8 marta kam sarflashi, energiya tejamkorligi va eng asosiysi, unumdor tuproqning ishlatilmasligi bilan pishiq g‘ishtdan bir necha marotaba afzalligi bilan ajralib turadi.1 metr kub metr g‘isht 1800-2000 kg og‘irlikka ega bo‘lsa, shu hajmdagi gazobetonning og‘irligi atigi 500-700 kg ni tashkil etadi.

Manba: Matbuot xizmati

Мероприятия calendar icon

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech