FOTO SAYOHAT: Respublikadagi keramik plitka ishlab chiqarish bo‘yicha mega zavod

News image

Toshkent shahrining Sergeli tumanida “Oriyent Keramik” MCHJ tomonidan keramik plitka ishlab chiqarishga ixtisoslashgan yirik korxonasi barpo etilmoqda. Loyiha qiymati 42 mln dollarni tashkil etadi. Bu yerda yiliga 9 mln kv.metr keramik plitka ishlab chiqariladi. Korxona foydalanishga topshirilgach bu yerda 400 ta yangi ish o‘rinlari yaratiladi. Eng muhimi mahsulot tayyorlash uchun mahalliy xom-ashyolardan foydalaniladi. Bu yerda nafaqat kerakmik plitka balki, keramogranit ham ishlab chiqariladi. Tayyor mahsulotning 30 foizini eksport qilish ham rejalashtirilgan.

Hozirda qurilish-montaj ishlari jadal sur’atlarda amalga oshirilmoqda. Mega korxona energiya tejamkor, zamonaviy uskunalar bilan jihozlanmoqda. Texonologik jihatdan Xitoyning “DTL” kompaniyasi hamkorlik yo‘lga qo‘yilgan bo‘lib, ayni paytda xitoylik mutaxassislar uskunalarni o‘rnatish ishlarini amalga oshirishmoqda.


Manba: Matbuot xizmati

Мероприятия calendar icon

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech