Gipsokarton ishlab chiqaruvchi korxonalar soni yana bittaga oshdi

News image

Farg‘ona viloyati hokimligi va “O‘zsanoatqurilishmateriallari” uyushmasining hududlar sanoat salohiyatini yaxshilash borasidagi hamkorlikda olib borayotgan izchil islohotlari natijasida yangi quvvatlar yaratilmoqda.

Kuni kecha, Uchko‘prik tumanida joylashgan “Qo‘qon” erkin iqtisodiy zonasi hududida gips va gipsokartonli listlar ishlab chiqaruvchi “Karona gips” MCHJ korxonasi faoliyatini boshladi. Bu yerda yiliga 2,4 million metr kvadrat mahsulot ishlab chiqariladi.

2.jpg

Loyiha qiymati 39,6 mlrd. so‘m bo‘lgan ushbu korxonada Uchko‘prik va unga yaqin hududlarda yashovchi yoshlar uchun 100 ta yangi ish o‘rinlari yaratildi. Jamiyatda ishchi-xizmatchilar uchun barcha shart-sharoitlar yaratilgan. E’tiborlisi, korxona so‘nggi rusumdagi, energiya tejamkor, zamonaviy uskunalar bilan jihozlangan. Ma’lumotlarga ko‘ra, ishlab chiqarilgan mahsulotlarga nafaqat mahalliy balki qo‘shni davlatlar bozorida ham talab yuqori. Shu bois, “Karona gips” MCHJ tomonidan yiliga 1,4 mln. AQSH dollarlik mahsulot eksport qilinishi rejalashtirilgan.

4.jpg

4.jpg

5.jpg

6.jpg

Manba: Matbuot xizmati

Мероприятия calendar icon

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech