Gulqog‘oz (oboy) ga bo‘lgan talab ortib bormoqda

News image

Ma’lumki, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ-4302-sonli qaroriga asosan importi yuqori bo‘lgan, o‘zlashtirishga tavsiya qilingan 99 ta mahsulot ro‘yhati shakllantirilgan. E’tiborli jihati shundaki, ushbu ro‘yhatga 5 ta qurilish materiallari ham kiritilgan. Bular gulqog‘ozlar va shunga o‘xshash devor qoplamalari, qurilish aralashmalari yoki betonlar uchun tayyor qo‘shimchalar, keramogranit, santexnika mahsulotlari uchun smesitellar, yog‘och-tolali plitalar (DSP, MDF). Yuqorida ko‘rsatilgan mahsulotlarni mahalliylashtirish bo‘yicha “O‘zsanoatqurilishmateriallari” uyushmasi tomonidan aniq rejalar, bir qator loyihalar ishlab chiqilgan. Xususan, 2020-2021 yillarda gulqog‘ozlar bo‘yicha umumiy qiymati 16 mln. 300 ming dollar bo‘lgan 3 ta loyiha ishga tushirilishi rejalashtirilgan. Investitsiya loyihalari amalga oshirilgach gulqog‘ozlariga bo‘lgan talab to‘la qondiriladi, ya’ni ishlab chiqarish quvvati 6 mln. 600 ming rulonga yetkaziladi.

3 Xorazm viloyati

Yildan-yilga gulqog‘oz (oboy)ga bo‘lgan talab nafaqat mahalliy, balki jaxon bozorida ortib bormoqda. Hozirgi kunda mamlakatimizda gulqog‘oz (oboy) mahsuloti Toshkent shahridagi “PERGAMENT QUALITY EXCLUSIVE” MChJ va Xorazm viloyatida joylashgan “NEW BEST STYLE” MChJlari tomonidan ishlab chiqarilmoqda. Tahlillarga e’tibor qaratadigan bo‘lsak, 2019 yilda Respublikamizda mahalliy korxonalar tomonidan jami 733 ming 575 o‘ram gulqog‘oz tayyorlangan bo‘lsa, 2020 yilda bu ko‘rsatkich 2 mln 123 ming 490 o‘ramga yetkazildi. 2020 yilda jami 149 mlrd 942 mln so‘mlik gulqog‘oz ishlab chiqarilgan. E’tiborlisi, korxonalar tomonidan mahalliylashtirilgan 3,8 mln dollarlik mahsulot eksport qilingan.

Gulqog‘oz (oboy)lar asosan qo‘shni Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston va Turkmaniston davlatlariga yetkazib berilgan. Kelgusida Afg‘oniston va Rossiya bozorlariga ham eksport qilish rejalashtirilgan.

4 Xorazm viloyati

5 Xorazm viloyati

6 Xorazm viloyati

7 Xorazm viloyati

Manba: Matbuot xizmati
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech