Hamkorlik memorandumi imzolandi

News image

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 23 maydagi PQ-4335-sonli “Qurilish materiallari sanoatini jadal rivojlantirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarorida belgilab berilgan asosiy vazifalarning ijrosini ta’minlash maqsadida, xususan “ta’lim-fan-ishlab chiqarish” tizimini jadalashtirish bo‘yicha “O‘zsanoatqurilishmateriallari” uyushmasi bilan Toshkent Kimyo xalqaro universiteti o‘rtasida Anglashuv hamkorlik memorandumi imzolandi.

Shu munosabat bilan tashkil etilgan tadbirda tomonlar sohada ilmiy-tadqiqot ishlari, innovatsiyalarni yo‘lga qo‘yish va amalga oshirish, talabalarni amaliy mashg‘uloti va ishlab chiqarish amaliyotini sanoat korxonalarida o‘tkazish, u yerda turli xil ilmiy-tadqiqot ishlarini o‘tkazish yuzasidan ikki tomonlama hamkorlik munosabatlarini tartibga solish haqida fikr almashishdi.

photo_2022-11-04_09-55-48.jpg

E’tiborlisi, ushbu kelishuv tomonlarning istiqbolda turli sohalarda hamkorlik qilishga imkon yaratadi.

Unda sohadagi islohotlarni yanada jadallashtirish, innovatsion texnologiyalarni keng joriy etish va qurilish materiallari sanoati korxonalari bilan oliy ta’lim muassasalari o‘rtasidagi “ta’lim-fan-ishlab chiqarish” tizimi bo‘yicha hamkorlikni kuchaytirish hamda tashkil etiladigan ilmiy-amaliy tadbirlarda tomonlarning vakillari ishtirok etishi ko‘zlangan.

Manba: Matbuot xizmati

Мероприятия calendar icon

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech