“Hududiy tarmoqlararo sanoat yarmarka”si endi Buxoro viloyatida

News image

Bugun Buxoro viloyatida neft va gaz, elektr energiyasi, kimyo, tekstil, charm-poyabzal, elektr texnika va qurilish materiallari sanoati va boshqa mahsulotlar ishlab chiqarishga ixtisoslashgan yirik korxonalar ishtirokida “Hududiy tarmoqlararo sanoat yarmarka”si boshlandi. Unda 140 taga yaqin mahalliy korxona 500 turdan ortiq mahsuloti bilan qatnashayotgan bo‘lsa, shundan qo‘shni Navoiy, Qashqadaryo, shuningdek, Surxondaryo, Andijon kabi viloyatlardan tashrif buyurgan 80 taga yaqin tadbirkorlik sub’ekti o‘z tovarlari taqdimotini ham tayyorlagan.

2 23-09-2022.jpg

Yarmarka yuksak saviyada tashkil etilib, tadbirning boy biznes dasturi, samaradorlikni ta’minlash, mahalliy tadbirkorlar va ishlab chiqaruvchilarni qo‘shma loyihalarni amalga oshirishga jalb etish, sanoat kooperatsiyasini tashkil etish va ichki bozorda yuqori talabga ega bo‘lgan mahsulotlarni mahalliylashtirishni nazarda tutadi. Yarmarkada asosiy e’tibor mahalliy ishlab chiqaruvchi korxonalarni qo‘llab-quvaatlash, sanoatda kooperatsiya aloqalarini rivojlantirish hamda mahalliy ishlab chiqaruvchi korxonalar shu jumladan, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subektlari tomonidan ishlab chiqarilayotgan mahsulot turlarini o‘rganib chiqish, kelgusida sanoat kooperatsiyasini yo‘lga qo‘yish va ish ko‘lamini kengaytirish uchun buyurtmalar portfelini (shartnoma va memorandumlar) shakllantirishga yo‘naltirilgan.

3 23-09-2022.jpg

Tadbirning birinchi kunida eksportbop va import o‘rnini bosuvchi mahsulotlar ko‘rgazmalari va ishlab chiqarish loyiha takliflari va sanoat kooperatsiyasini yanada rivojlantirish maqsadida taqdimotlar qilinadi.

Shuningdek, kun davomida “Cooperation.uz” elektron kooperatsiya portalining mohiyati, imkoniyatlari va shartnomalarni tuzish shartlari bo‘yicha atroflicha ma’lumot beriladi.

4 23-09-2022.jpg

Shu bilan birga, ko‘rgazmada namoyish etilgan va import qilinayotgan mahsulotlar namunalarini tadbirkorlik sub’ektlari tomonidan o‘zlashtirish bo‘yicha "B2B" shaklida muzokaralar olib borish va hamkorlik bitimlari tuzish jarayonlarida O‘zbekiston Respublikasi Elektron kooperatsiya portali mutaxassislari tomonidan amaliy yordam ko‘rsatilishi ko‘zda tutilgan.

Ma’lumot uchun, “O‘zsanoatqurilishmateriallari” uyushmasi mazkur tadbirda 20 dan ortiq sanoat korxonaning 40 ga yaqin turdagi mahsulotlari bilan ishtirok etmoqda.

Manba: Matbuot xizmati

Мероприятия calendar icon

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech