Hurmatli yurtdoshlar!

News image

O‘zsanoatqurilishbank qurilish materiallari sanoatini rivojlantirish, korxonalarda ilg‘or texnologiyalarni joriy etish va loyihalarni moliyalashtirishga mas’ul etib belgilandi.

Shu munosabat bilan Bankning bosh ofisi va respublikaning barcha hududlarida quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha professional mutaxassislar va professor-o‘qituvchilarni tanlov asosida ishga qabul qilamiz!

  • Noruda foydali qazilma konlari geologi
  • Qurilish materiallari sanoati muhandis-texnologi
  • Qurilish materiallari ishlab chiqarishni loyihalashtirish mutaxassisi

NOMZOD VAZIFALARI:

  • qurilish materiallari loyihalarini dastlabki geologik ekspertizadan o‘tkazish, loyiha tashabbuskorlariga xom ashyo, material va ishlab chiqarish bo‘yicha maslahat-konsalting xizmatlarini amalga oshirish;
  • qurilish materiallari loyihalarini dastlabki muhandis-texnologik ekspertizadan o‘tkazish, loyiha tashabbuskorlariga xom ashyo va ishlab chiqarish bo‘yicha muhandis-texnologik maslahat-konsalting xizmatlarini amalga oshirish;
  • qurilish materiallari ishlab chiqarishni “A dan Ya gacha” tamoyili asosida loyihalashtirish ishlarini amalga oshirishda maslahat-konsalting xizmatlarini amalga oshirish;
  • zamonaviy qurilish materiallarini ishlab chiqarish uchun optimal xom ashyo, material, texnologiya, infratuzilmani tanlashda, texnik-iqtisodiy asos (TEO) ishlab chiqishda loyiha tashabbuskorlariga ko‘maklashish;
  • loyihalarni “A dan Ya gacha” tamoyili asosida to‘liq ishga tushgunga qadar tegishli davlat organlarida ekspertiza va ro‘yxatdan o‘tkazishda amaliy yordam ko‘rsatish.

NOMZODGA QO‘YILADIGAN TALABLAR:

  • qurilish materiallari sanoatini rivojlantirish, korxonalarda ilg‘or texnologiyalarni joriy etish va loyihalashtirish bo‘yicha yetarli amaliy tajribaga ega bo‘lish;
  • geologiya, muhandis-texnolog, ishlab chiqarishni loyihalashtirish yo‘nalishlarida oliy ma’lumot;
  • geologiya, muhandis-texnolog, ishlab chiqarishni loyihalash yo‘nalishida 3 yildan kam bo‘lmagan ish tajribasi (ushbu yo‘nalishlarda pedagogik tajriba qo‘llab-quvvatlanadi);
  • o‘zbek va rus tillarini mukammal bilish (ingliz tilini bilish qo‘llab-quvvatlanadi);
  • kompyuterning faol foydalanuvchisi (Excel, Power Point, Word).

BIZ SIZGA NIMA TAKLIF QILA OLAMIZ

  • amaldagi qonunchilikka muvofiq ishga joylashtirish;
  • ahil va do‘stona jamoa, tashabbusni qo‘llab-quvvatlaydigan menejment;
  • mamlakatning yirik va xalqaro standartlar asosida transformatsiya qilinayotgan bankida ishlash;
  • munosib ish haqi va xorijda malaka oshirish imkoniyati.
Manba: Matbuot xizmati
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech