Investitsiya dasturiga ko‘ra joriy yilda 90,2 mln dollarlik 12 ta loyiha ishga tushiriladi

News image

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 28 dekabrdagi PQ-4937-sonli qaroriga asosan hamda “O‘zsanoatqurilishmateriallari” uyushmasi bo‘yicha xorijiy investitsiyalar va kreditlar ishtirokida 471 mln dollarlik 31 ta loyiha bo‘yicha joriy yilda 327,6 mln dollar o‘zlashtirish belgilangan. Ushbu loyihalarni moliyalashtirishga 106 mln dollar tashabbuskorlar mablag‘i, 6,6 mln dollar bank kreditlari va 215 mln dollar xorijiy investitsiyalar va kreditlar yo‘naltiriladi.

1.jpg

Xususan, joriy yilda jami 90,2 mln dollarlik 12 ta loyihani ishga tushirish va 1155 ta yangi ish o‘rni yaratish ko‘zda tutilgan, xususan:

  1. “Knauf Gips Fergana” MCHJ XKda gipsokarton ishlab chiqarishni tashkil etish (12,3 mln dollar);
  2. “G‘ijduvon Mashhurasi” XKda parket pollar va laminat listlar ishlab chiqarishni tashkil etish (5,7 mln dollar);
  3. “Angren Insulation” MCHJ QKda kvars qumidan mineral plitalar ishlab chiqarishni tashkil etish (15,7 mln dollar);
  4. “Sanfa Engineering” MCHJda linoleum ishlab chiqarishni tashkil etish (4 mln dollar);
  5. “Home Master” MCHJda gipsokarton listlari va quruq qurilish aralashmalari ishlab chiqarishni tashkil etish (3,5 mln dollar);
  6. “Sof Kristall-Wei Jing Shi” MCHJda avtoklav gazobeton bloklari ishlab chiqarishni tashkil etish (7 mln dollar);
  7. “Mega Kvars” MCHJda kvars qumini qazib olishni va boyitishni tashkil etish (3,9 mln dollar);
  8. “Jomboy Sement” MCHJda sement asosida qurilish materiallari ishlab chiqarishni tashkil etish (9,2 mln dollar);
  9. “Azamat Savdo Ziyo” MCHJda mix va burama mixlar ishlab chiqarishni tashkil etish (4,5 mln dollar);
  10. “Marxamat Metan Gaz” MCHJda qog‘oz ishlab chiqarishni tashkil etish (5,6 mln dollar);
  11. “Premium Elegant Ceramics” MCHJda qurilish materiallari ishlab chiqarishni tashkil etish (14,3 mln dollar);
  12. “Monolit Aziya” MCHJ QKda payvandlash elektrodlarini ishlab chiqarishni tashkil etish (5 mln dollar).

Ma’lumotlarga ko‘ra, joriy yilning yanvar-mart oylarida 31 ta investitsiya loyihalari bo‘yicha jami 40,3 mln dollar (rejaga nisbatan 132,0 %), shundan 21,4 mln dollar (4,2 marta) miqdorida to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalar o‘zlashtirildi, shundan "Monolith Asia" MCHJ shaklidagi qo‘shma korxonasida 5,0 mln dollar xorijiy investitsiya hisobiga yiliga 20 ming tonna payvandlash elektrodlarini ishlab chiqarishni tashkil etish loyihasi ishga tushirildi va 200 ta yangi ish o‘rinlari tashkil etildi.

2.jpg

Shuningdek, hududlarni sanoat salohiyatini rivojlantirish dasturlariga asosan dastlabki ro‘yxatga asosan 2021 yilda qurilish materiallari sohasida jami 806 ta loyiha bo‘yicha 7 trln 580 mlrd so‘m, jumladan 1-chorakda 1 trln 458 mlrd so‘m o‘zlashtirish va 415 mlrd so‘mlik 70 ta loyihani ishga tushirish rejalashtirilgan.

Amalda, 2021 yil 1-choragida 806 ta loyiha bo‘yicha 1 trln 523 mlrd so‘mlik mablag‘lar o‘zlashtirilib, davr rejasi 104,5 foizga bajarilgan. Shundan, joriy yil 1-choragida umumiy qiymati 481 mlrd so‘m bo‘lgan 75 ta loyiha ishga tushirilgan va 615 ta yangi ish o‘rni yaratilgan.

Mazkur loyihalarni amalga oshirish natijasida yangi turdagi import o‘rnini bosuvchi float oyna, sement, bazalt va shisha tolali issiqlik saqlovchi plitalar va kompozit armaturalar, keramogranit, oboy, marmar, travertin va granit plitalari, santexnika buyumlari, lok-bo‘yoq mahsulotlari, keramik plitkalar va sanitar-texnik buyumlar, gazobeton va penobeton bloklari, parket, laminat kabi qurilish materiallarini ishlab chiqarish o‘zlashtiriladi.

3.jpg

Manba: Matbuot xizmati

Мероприятия calendar icon

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech