Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A
17 Nov 2020

Sirdaryo viloyatida boshqa sohalar kabi qurilish materiallari sanoati ham yil sayin rivojlanib bormoqda. Hududda investitsiya loyihalarini amalga oshirish orqali yangi quvvatlar ishga tushurilyapti. Joriy yilda viloyatda jami umumiy qiymati 184 mlrd so‘m bo‘lgan 23 ta investitsiya loyihalari amalga oshiriladi. Buni natijasida gazobeton, kvarsdan sun’iy tosh, keramik plitka, quruq korishmalar ishlab chiqarish o‘zlashtiriladi, muhimi 550 ga yaqin yangi ish o‘rinlari yaratiladi.

2.jpg

Lak bo‘yoq mahsulotlarini ishlab chiqarishga ixtisoslashgan “BAHROMJON NUR SAVDO” MChJ ham ana shunday loyihalardan biri. Loyiha qiymati 27,3 mlrd so‘m bo‘lib, bu yerda yiliga 30 ming tonna har xil turdagi lak buyoq mahsulotlari tayyorlanadi. Korxonaga Xitoy davlatining GREN INTERNATIONAL kompaniyasining energiya tejamkor uskunalari o‘rnatilgan. Hozirda bu yerda 50 ga yaqin sirdaryolik yoshlar mehnat qilishmoqda. Korxona mahsulotlariga bo‘lgan talab yil sayin ortib bormoqda. Ayni damda mahalliy xom ashyodan tayyorlanayotgan ushbu qurilish materialini eksport qilish bo‘yicha qo‘shi davlat vakillari bilan muzokaralar olib borilyapti.

Manba: Matbuot xizmati
Ko'rishlar: 35
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech