Joriy yilda 11 ta yangi sement zavodlari ishga tushiriladi

News image

Respublika bo‘yicha 2020 yilda jami sement ishlab chiqarish hajmi 12 537,4 ming tonnani tashkil etib, o‘tgan 2019 yilga nisbatan 114,1 foizga o‘sish ta’minlandi.

2020 yilda yillik quvvati 1,8 mln. tonnaga teng 3 ta yangi sement ishlab chiqarish zavodlari Jizzax, Farg‘ona va Toshkent viloyatlarida ishga tushirildi. Hozirgi kunda Respublika bo‘yicha sement ishlab chiqarish quvvatlari 20 mln. tonnani tashkil etadi.

1.jpg

2021 yilda sement ishlab chiqarish prognozi 16,4 mln tonna kutilmoqda va yil davomida jami quvvatlari 8,6 mln tonnaga teng umumiy loyiha qiymati 738,4 mln dollar bo‘lgan 11 ta (Andijon, Namangan, Samarqand, Toshkent, Qashqadaryo va Farg‘ona viloyatlarida) yangi sement ishlab chiqarish quvvatlari ishga tushirilib, yil ohirida sement ishlab chiqarish quvvatlari 25,3 mln. tonnaga yetkazilishi kutilmoqda. Jumladan, yanvar oyida eng yirik loyihalardan biri “Ohangaronsement” AJda amalga oshirildi. Bu yerda yiliga 2,4 mln. tonna sement ishlab chiqarish imkoniyatiga ega quvvat yaratildi.

2.jpg

Joriy yilda "Farg‘ona Yasin qurilish mollari" MCHJ tomonidan umumiy qiymati 120 mln dollar bo‘lgan yillik quvvati 1 mln 200 tonna sement ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yiladi.Shuningdek, "Rash milk" MCHJ, "Namangan sement" MCHJ, "Marokand sement invest" MCHJ, "Ishonchli posbon tekstil" MCHJ, "Shaffof Sement Sanoat" QK MCHJ, "Pop sement" MCHJ, "Jaxon Yevro Servis" MCHJ kabi sement zavodlari o‘z faoliyatini boshlaydi.

2021-2023 yillarda sement ishlab chiqarish bo‘yicha amalga oshiriladigan investitsion loyihalarning manzilli ro‘yxatiga ko‘ra, Farg‘ona viloyatida 3 ta, Surxondaryoda 3 ta va Namangan viloyatida esa 4 ta yangi sement zavodlari barpo etish rejalashtirilgan.

Manba: Matbuot xizmati

Мероприятия calendar icon

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech